Xabar berganimizdek, Qirg‘izistonning Cho‘lpon-ota shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar terma jamoalari ishtirokida Osiyo chellenj kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi.

Unda voleybol bo‘yicha Uztelekom va OKMK jamoalari sportchilaridan tashkil topgan O‘zbekiston termasi Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston hamda Saudiya Arabistoni voleybolchilariga qarshi bahs olib bordi.
Aylana shaklda o‘tgan musobaqaning dastlabki bahslarida Osiyo chellenj kubogiga Saudiya Arabistoni ega chiqadigandek ko‘rindi. Ular ilk o‘yinlardaterma jamoamiz a’zolarini murakkab o‘yinda 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Keyin Mo‘g‘ulistonni 3:0, Qirg‘iziston termasini 3:1 hisobida dog‘da qoldirdi. 

O‘z navbatida mezbonlar jamoasi – Qirg‘iziston voleybolchilari ham arab voleybolchilaridan tashqari barchani mag‘lub etdi.

Ikkinchi davrada esa omad pallasi qirg‘izistonliklar tomonga og‘di. Ular barcha jamoalarni, jumladan, finalda Saudiya Arabistonini 3:2 ko‘rinishida mag‘lub etib,  Osiyo chellenj kubogini Qirg‘izistonda olib qoladigan bo‘lishdi.
3-o‘rin uchun kechgan kurashda esa hamyurtlarimiz Mo‘g‘uliston jamoasi bilan kuch sinashdi.
Ilk davrada mo‘g‘illarga 3:1 hisobida imkoniyatni boy bergan hamyurtlarimiz bronza medaliga da’vogarlikda matonat ko‘rsatishdi. 

O‘zbekiston o‘yinning birinchi partiyasida 19:25 hisobida Mo‘g‘ulistonga yutqazdi. Ammo 2-partiyada iste’dodli voleybolchilarimiz Alisher Asqarov va Bunyod Egamqulovning kuchli hujumlari tufayli Mo‘g‘uliston jamoasi 28:26 hisobida dog‘da qoldirildi. 3-partiyada yana mo‘g‘ullarning qo‘li baland kelgan bo‘lsa, hal qiluvchi 4-partiyada O‘zbekiston voleybolchilari o‘z “ritmi”ni yo‘qotmadi hamda 15:10 hisobida g‘alabani tantana qildi. Bu esa jamoamizning ushbu turnirni 3-o‘rin bilan yakunlashini ta’minladi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Osiyo chellenj kubogida hamyurtlarimizga bronza medallari nasib etdi