Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida davom etayotgan “Osiyo bolalari” o‘yinlarining uchinchi kungi musobaqalarida o‘zbekistonlik sportchilar taekvondo, mini-futbol bahslarida muvaffaqiyatga erishdi.

Suzish, mast-restling kabi sport turlarida esa hamyurtlarimizga omad kulib boqmadi.

Shunday bo‘lsa-da ortda qolgan sambo va taekvondo musobaqalaridagi muvaffaqiyat tufayli hamyurtlarimiz 6 ta oltin, 5 ta kumush va 7 ta bronza medali hisobiga umumjamoada yetakchilikni davom ettirmoqda.

Uchinchi kungi o‘yinlar dasturidan o‘rin olgan mini-futbol bahslari qiziqarliligi bilan ko‘plab muxlislar diqqat-markazida bo‘ldi.

O‘zbekiston mini-futbol terma jamoasi a’zolari ilk uchrashuvni Sibir federal okrugi vakillariga qarshi o‘tkazdi.

Mazkur o‘yin 9:5 hisobida hamyurtlarimiz g‘alabasi bilan yakunlandi.

“Osiyo bolalari” o‘yinlarining to‘rtinchi kungi bellashuvlarida hamyurtlarimiz sport kurashlari, yengil atletika, mast-restling, suzish kabi qator sport turlarida ishtirok etadi.

Musobaqalar 7 iyulga qadar davom etadi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Osiyo bolalari»o‘yinlaridagi medallarimiz soni 18 taga yetdi