Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida o‘tayotgan «Osiyo bolalari» o‘yinlarining ortda qolgan ikkinchi kunida O‘zbekiston sport delegatsiyasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 5 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida yetakchilik qilmoqda.

O‘yinlarning yakunlangan sambo bellashuvlarida yurtimiz sportchilari 2 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shavkat Jo‘rayev va Zafar Allaberganov murabbiyligidagi mahoratli yosh sambochilarimizdan Vazira Nurillayeva va Haydarbek O‘roqboyev oltin, Mehriniso Nuriddinova va Shohjahon G‘olibov kumush, Kumushbibi Ergasheva, Sardor Yodgorov, Davlatjon Kozimov, Firdavs Asinjonov, Dilmurod Do‘smurodov bronza medallariga ega chiqdi.

Musobaqalarni adolatli boshqarib borishda hamyurtimiz Olim Adilov hakam sifatida ishtirok etdi.

Shuningdek, «Osiyo bolalari» o‘yinlarining ikkinchi kunida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qilgan yurtimiz taekvondochilari ham munosib natijalarni qayd etdi.

O‘zbekiston taekvondo tera jamoasi a’zolaridan Omadbek Otabekov 55 kilogrammda, Behruz Salimov 48 kilogrammda oltin, Javohir Serekbayev 63 kilogrammda, Feruza Yernazarova +63 kilo og‘irlikda kumush medallarga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 30 ta davlatning yosh sportchilari ishtirok etayotgan «Osiyo bolalari» sport o‘yinlari 7 iyulga qadar davom etadi. 

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Osiyo bolalari» o‘yinlarining ikkinchi kunida O‘zbekiston 13 ta medal bilan yetakchi