Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida poyoniga yetib borayotgan “Osiyo bolalari” o‘yinlarining ortda qolgan o‘ninchi kungi musobaqalarida mamlakatimiz kurashchi va bokschi yoshlari 12 ta medallar shodasiga ega chiqdi.

“Osiyo bolalari” o‘yinlarining boks bo‘yicha birinchi kungi final janglarida 7 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi. Shiddatli kechgan janglar yakunida yosh bokschilarimiz 3 ta oltin, 4 ta kumush medalga egalik qildi.  

Terma jamoamiz a’zolaridan Maftuna Musurmonova, Muhammadrizo Ukimov, Ibrohim Shokirjonov oltin, Farzuna Ro‘ziyeva, Hikmatilla Sobirov, Saidxo‘ja Sa’dillaxo‘jayev, Asilbek Abdusamadov kumush medallarni qo‘lga kiritdi.   

Kurash bo‘yicha o‘tgan “Osiyo bolalari” o‘yinlarining birinchi kungi musobaqalarida 5 vazn toifasida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Yakutsk shahridagi Elly Botur sport kompleksida kechgan shiddatli bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolariga oltin medal nasib etdi.   

Mahoratli kurashchilarimiz Ibrohim Jovliyev, Firdavs Niyatullayev, Shohmurod Shomurodov, Mohinur Olloberganova, Gulshirin Qahramonova g‘alabasi sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi.   

Bugun, 5 iyul kuni “Osiyo bolalari” o‘yinlarining o‘n birinchi kunida o‘zbekistonlik sportchi yoshlar boks va kurash musobaqalarida sovrinli o‘rinlarga da’vogarlik qiladi.   

Ortda qolgan musobaqalar sarhisobiga ko‘ra, bugungacha ishtirokchi jamoalarning 22 tasi “Osiyo bolalari” o‘yinlarida sovrinli o‘rinlar sohibi bo‘ldi. Ular orasida o‘z shijoati va g‘alabaga bo‘lgan irodasi bilan ajralib turgan O‘zbekiston sportchilari 29 ta oltin, 27 ta kumush, 20 ta bronza, jami 76 ta medal bilan umumjamoada 2-o‘rinni egallab turibdi.   

Eslatib o‘tamiz, ertaga 6 iyul kuni “Osiyo bolalari” o‘yinlarining tantanali yopilish marosimi bo‘lib o‘tadi.   

T.Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Osiyo bolalari” o‘yinlaridagi medallarimiz soni 76 taga yetdi