Rossiya Federatsiyasining Yakutsk shahrida davom etayotgan «Osiyo bolalari» o‘yinlarining dzyudo bahslari ham polvonlarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Dzyudo musobaqalarining ilk kunida 5 nafar dzyudochilarimiz g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi. Aniqrog‘i, Xushnud Sultonov (-46 kg.), Xushnud Burxonov (-50 kg.) va Muhammadkarim Nozirov (-55 kg.) o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini yengib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Vazni 40 kilogrammgacha bo‘lgan Dinora Hasanova finalga qadar raqiblari ustidan zafar quchib kumush medalga ega chiqqan bo‘lsa, Dilnoza Hamidova -44 kg.da bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, dzyudochilarimizning 3 oltin va 1 tadan kumush hamda bronza medallaridan so‘ng, delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 11 ta oltin, 11 ta kumush va 9 ta bronza, jami 31 taga yetdi.

Musobaqa davom etmoqda.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Osiyo bolalari» o‘yinlarida delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 31 taga yetdi