Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida rassom Hasanboy Saidovning "Andajonim qoldi mening..." nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada rassomning 50 ga yaqin rangtasvir ishlari namoyish qilindi.

Hasanboy Saidov 1948 yil 8 sentyabrda Qirg‘iz Respublikasi O‘sh shahrida tug‘ilgan. U "Ro‘shnolik" taxallusi bilan ijod qilib kelayotgan o‘shlik taniqli rassom hisoblanadi. O‘zbekiston rassomlar uyushmasi a’zosi Hasanboy Saidov 1964 yilda Toshkentdagi Benkov nomidagi rassomchilik bilim yurtida, so‘ngra Toshkent teatr va rassomchilik institutida ta’lim olgan.  

Tadbirda qayd etilganidek, rassomning ijodida asosan portret janri muhim o‘rin tutadi. U o‘sha davr zamonasi qahramonlari siymosini yaratadi.

Rassom tabiatni juda sevadi. Uning “Navoiy ko‘chasi” asarida bahor fasli tasvirlangan. “Pomir tog‘lari”, “Badaxshon qizlari” ishida Aleksandr Makedonskiy avlodlari aks etgan. Atlas ko‘ylak, do‘ppilar kiygan, ko‘zlari ko‘m-ko‘k qizlar olis o‘tmishni eslatadi.

Ko‘rgazma joriy yilning 18 iyunigacha davom etadi.

Gulnoza Boboyeva,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘shlik rassom ko‘rgazmasi