Ortiqboyev Jahongir Ortiqboy o‘g‘lining tibbiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Surunkali buyrak kasalligining klinik va patogenetik mexanizmlarini baholash va ularni tuzatish” mavzusida
Ortiqboyev Jahongir Ortiqboy o‘g‘lining 14.00.05- “Ichki kasalliklar ” ixtisosligi bo‘yicha “Surunkali buyrak kasalligining klinik va patogenetik mexanizmlarini baholash va ularni tuzatish” mavzusidagi tibbiyot fanlari bo‘yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.06/2026.10.04.tib.27.01 raqamli Ilmiy kengashining 2026-yil 3-noyabr kuni soat 13:00 da majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100047, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yunusobod-3 mavzesi, Yangi shahar ko‘chasi,9-Uy.Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Tel.: (+99871) 224-02-63
e-mail: info@nephro.uz