Qo‘qon tibbiyot kollejida Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufidagi tibbiyot kolleji va jamoat salomatligi texnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha respublika ishchi seminari bo‘lib o‘tdi.

Unda Sog‘liqni saqlash vazirligi ilm, fan va ta’lim boshqarmasi hamda respublika tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi mutasaddilari, yurtimizdagi o‘rta tibbiy ta’lim muassasalarining direktorlari, o‘quv va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari ishtirok etdi.  

Seminar ishtirokchilari dastlab tibbiyot kollejida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, xususan, davlat imtihonlari o‘tkazish uchun tashkil etilgan maxsus xonalar va jihozlar, ish hujjatlari, ko‘rgazmali vositalar bilan tanishdi. Shundan so‘ng tibbiyot kolleji va jamoat salomatligi texnikumlarida yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish, bitiruvchilarni Worldskills standartlari asosida imtihon topshirishi afzalliklari xususidagi ma’ruzalar tinglandi. Bitiruv imtihonlarida qo‘llaniladigan “Malaka axborot tizimi (GIS)” dasturi namoyishi va bu dasturda ishlash bo‘yicha trening o‘tkazildi.  

– Ma’lumki, mamlakatimizda Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufida 47 ta Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari hamda 27 ta tibbiyot kollejlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Joriy yilda jamoat salomatligi texnikumlarini 8 ta yo‘nalish bo‘yicha ilk bor 36 ming nafardan ortiq o‘quvchilar yakunlashi kutilmoqda, – deydi respublika tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi direktori o‘rinbosari X.Shukurov. – Bugungi kunda Davlat attestatsiyasini o‘tkazish bo‘yicha 2009 yilda joriy qilingan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” amalda bo‘lib, uning ayrim talablari zamon talablariga mos kelmaydi. Endilikda tibbiyot ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasi tarkibiga xalqaro WorldSkills standartlarining ayrim prinsiplarini amaliyotga joriy etgan holda demonstratsion, ya’ni namoyish shaklida o‘tkazish va bitiruvchilarning kompetensiyasini atroflicha, keng qamrovli talablar asosida aniqlash va baholashga o‘tilishi belgilanmoqda. Bu bo‘yicha tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan uslubiy tavsiyanoma yaratilib, tasdiqdan o‘tdi. Joriy yildan tibbiyot kolleji va jamoat salomatligi texnikumlari bitiruvchilari uchun davlat imtihonlari mazkur tavsiyanoma asosida tashkil etiladi.  

–Bugungi tadbirdan o‘zimizga kerakli xulosalar oldik va yakuniy attestatsiyani tashkil etishdagi yangiliklar, o‘ziga xos jihatlari va afzalliklari bo‘yicha tushunchalarga ega bo‘ldik, – deydi Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tibbiyot kolleji direktor o‘rinbosari Tolibjon Xonnazarov. –   O‘ylaymanki, yakuniy davlat attestatsiyasiga yangicha yondashuv, unga xalqaro me’yor va talablarning joriy etilishi o‘rta tibbiyot xodimlarining sifat darajasini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bitiruvchilarning yo‘nalishlar bo‘yicha olgan bilim va malakalarini keng miqyosda baholash uchun imkoniyat yaratadi.  

Yig‘ilish yakunida dolzarb masalalar yuzasidan savol-javob va bahs-munozaralar bo‘lib o‘tdi.  

M.Sulaymonov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rta tibbiyot ta’lim muassasalarida yakuniy davlat attestatsiyasidagi yangiliklar