Vatanimiz tarixidagi 6 dekabr sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1393 yil (bundan 631 yil oldin) – Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarida qayd etilishicha, Amir Temur o‘zining “besh yillik yurishlari” davrida Iroqdagi Harbiy mavzesida ov qilishga qaror qildi. Farmonga binoan barcha askarlar sahro atrofini qurshab keldilar va turli-tuman jonivorlarni yig‘ib, katta bir ov qildilar.

Tarixchi olim Akbar Zamonovning “O‘rta asr hukmdorlarining ov (shikor) marosimlari” nomli maqolasida qayd etilishicha, barcha sulola hukmdorlari hayotida ovchilik muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Hayvon ovi urush uchun yaxshigina harbiy tayyorgarlik vazifasini o‘tagan. Ovchilar (harbiylar) ov paytida saf tortib turish, ovni qanday qurshab, halqa ichiga olishni o‘rgangan.

Ov hayvonlari o‘rab olingan doiradan markazga tomon surib kelinar, birorta ham hayvonning halqadan tashqariga chiqishiga yo‘l qo‘yilmas edi. Halqa ichida dastlab hukmdor ov qilgan, keyin bir tepalikka chiqib, shahzodalar, amirlar hamda qo‘shinning ov qilishini kuzatib borgan. Bunday maxsus ov halqalari “charga” deb yuritilgan.

1894 yil (bundan 130 yil oldin) – Buxoro amirining ruxsati bilan amirlikdagi birinchi rus-tuzem maktabi ochildi. Ushbu maktabda ta’lim olgan o‘quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishi va qaysi din hamda millat vakili ekani ahamiyat kasb etmagan. Biroq Buxoro amirligi ma’muriyati tomonidan mazkur maktab o‘qituvchisining albatta musulmonlardan bo‘lishi lozimligi tartibi belgilangan.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Buxoro amirligidan farqli o‘laroq markazi Toshkent bo‘lgan Turkiston general-gubernatorligida rus-tuzem maktablari Buxorodagidan o‘n yil oldin ochilgan edi. Ular Turkistonning mahalliy aholisini ruslashtirish maqsadida tashkil qilingan. Bu maktablar orqali tub joy aholisi o‘rtasida rus madaniyatini yoyishga harakat qilingan.

Birinchi rus­tuzem maktabi 1884 yil 19 dekabrda Toshkentda Saidg‘ani Saidazimboy uyida ochilgan. Rus-tuzem maktablarida o‘quv kuni ikki qismdan iborat bo‘lib, dastlab rus o‘qituvchisi (o‘quv, yozuv, hisob), ikkinchi qismida esa mashg‘ulotlarni mahalliy o‘qituvchi olib borgan.

1925 yil (bundan 99 yil oldin) – tarixchi olima Nodira Mustafoyevaning qayd etishicha, O‘zbekiston Maorif xalq komissarligi huzuridagi Akademik markaz Kollegiyasining qarori bilan Samarqandda sharq qo‘lyozmalarini maxsus saqlash joylarini tuzish ishlari o‘tkazildi.

1994 yil (bundan 30 yil oldin) – Toshkentda yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyandasi, o‘zbek romanchiligining asoschisi, buyuk adib Abdulla Qodiriy tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali kecha bo‘lib o‘tdi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, Abdulla Qodiriy 1894 yilning 10 aprelida Toshkent shahrida dunyoga kelgan.

1997 yil (bundan 27 yil oldin) – Surxondaryo viloyatidagi neft qazib olish to‘xtatilgan Xovdak qudug‘idagi ma’danli suv tarkibidan maxsus qurilma yordamida xalq xo‘jaligi uchun muhim kimyoviy modda – yodning birinchi turkumi olindi. Tarkibida yod mavjud bo‘lgan yerosti suvlaridan yod oladigan sanoat qurilmasi o‘zbek mutaxassislari tomonidan Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib ixtiro etildi.

2001 yil (bundan 23 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

2006 yil (bundan 18 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Unga asosan 25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni etib belgilandi.

2019 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun 9 bob, 56 moddadan iborat.

2021 yil (bundan 3 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash hamda Toshkent shahrida boshpanasiz, og‘ir turmush sharoitiga tushib qolgan fuqarolarning yashash sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rta asrlarda maxsus ov halqalari – “charga”lardan qanday foydalanilgan?