Saratonning qaynoq kunlarida soya-salqin manzillar, toza suvli hovuzlar, toshqin soy sohillarida miriqib hordiq chiqarmoqqa nima yetsin?! Bunday maskanlarda inson tanasi yayrab, ruhi tetiklashadi, tevarak-atrof, olam go‘zalligini butun vujudi, qalbi bilan his etadi.

Ayni kunlarda ta’tilga chiqqan bolajonlar yozgi sog‘lomlashtirish oromgohlarida mana shunday maroqli dam olmoqdalar.

Qayd etish lozimki, bu yilgi yoz mavsumida Farg‘ona viloyatida jami 14 ta statsionar oromgoh faoliyat yuritishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 4 iyul holatiga 11 ta statsionar oromgoh o‘z faoliyatini olib bormoqda. Bolalar dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tasarrufidagi 8 ta oromgohda 1 iyuldan mavsumning 3-smenasi ham boshlandi. Mazkur smenada jami 1 ming 445 nafar o‘g‘il-qiz yozni soz o‘tkazmoqda.  

Quvasoy shahridagi “Vodiy gavhari” oromgohi ayni paytda 350 nafarga yaqin bolajonni o‘z bag‘riga olgan. Bu yerda bolalar vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni sog‘lomlashtirish uchun barcha sharoit yaratilgan. Sport maydonchalari, cho‘milish havzasi, kutubxona, madaniy dam olish uchun mo‘ljallangan sahnalar – bolalar xizmatida. Oromgohda turli to‘garaklar faoliyat yuritmoqda. Oromgoh 5 navbat bo‘yicha bolalarni qabul qiladi.

[gallery-18330]

– Oromgohimizda bolalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, “Zakovat” intellektual o‘yinlari muntazam ravishda o‘tkazilib, ularda teatrlar va konsert-tomosha guruhlari, badiiy havaskorlik jamoalari ishtiroki ta’minlanmoqda, – deydi oromgoh rahbari Umida Farmonova. – “Baxtli bolalik” loyihasi hamda “Vodiy gavhari – yosh avlod kelajak yo‘lini qilamiz obod!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ko‘ngilochar tadbirlar, badiiy kechalar, ayniqsa, rasm chizish, estafeta o‘yinlari, shaxmat-shashka, futbol bo‘yicha sport musobaqalari yosh dam oluvchilarimizga olam-olam quvonch baxsh etmoqda.

– Bu yerga beshinchi bor kelishim, – deydi Quvasoy shahridagi 25-maktabning 6-sinf o‘quvchisi Zaynabxon Jamoldinova. – Oromgohda har bir kunimiz zavqli o‘tmoqda. Menga, ayniqsa, kitobxonlik va ingliz tilida o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar juda yoqyapti.  

 “Vodiy gavhari” yozgi sog‘lomlashtirish oromgohi bolajonlarga unutilmas taassurotlar ulashishda davom etmoqda.  

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oromgohlar – yangi avlod orzulariga qanot