Yurtimizda yozning jazirama chilla davri hukm surmoqda. Bu damda oromgohlar bolajonlar bilan fayzli va zavqli bo‘ladi.

Ta’tilini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida Namangan viloyatidagi mavjud yettita oromgohda davom etayotgan uchinchi mavsumda ayni vaqtda 1 ming 300 ga yaqin bola maroqli hordiq chiqarmoqda.   

Jumladan, Chust tumani G‘ova qishlog‘i tog‘-yon bag‘rida joylashgan, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Bolalarning dam olishi va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti Namangan viloyati boshqarmasi tasarrufidagi “Mehrjon” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida hozirgi kunda 124 nafar bola dam olmoqda.   

Oromgohlarda turli mavzulardagi tadbirlar bolajonlarning mazmunli dam olishiga zamin yaratmoqda. Xususan, mazkur oromgohda Mudofaa vazirligi huzuridagi harbiy qism bilan hamkorlikda “Harbiy vatanparvarlik kuni” tadbiri o‘tkazildi. Bu tadbir bolalarning qalbida kelajakda mard va jasur yurt xizmatchilari bo‘lishdek ezgu orzular qanot yozdirgan bo‘lsa ajab emas.  

Kosonsoy tumanidagi 160 o‘ringa mo‘ljallangan “Sohil” oromgohida ayni mavsumda bolajonlar miriqib dam olmoqda. Buning uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Maskan hududida mevali va manzarali daraxtlar ekilib, xonalar qattiq hamda yumshoq mebellar bilan jihozlangan. Besh mahal issiq ovqat esa ratsion va sog‘lom turmush tarzi talablari asosida berilmoqda.   

– Bugungi kunda viloyatimizdagi sog‘lomlashtirish oromgohlarida barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Ertamiz egalarini yozgi dam olishlarini ko‘ngildagidek o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida mahalliy hokimliklar, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan tegishli chora-tadbirlar rejasi amalga oshirilmoqda, – deydi Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish Departamenti Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Muhammadzokir Mamatxonov. – Joriy yil yoz mavsumida oromgohlarga 4 ming 920 nafar yosh qamrab olingan. Boshqarma tasarrufidagi barcha yozgi dam olish maskanlari qayta jihozlanib, bolalarga mo‘ljallangan yotoqxona, shinam oshxona, kompyuter xonasi, basseyn, kichik futbol maydoni hamda 22 ming dona kitob fondiga ega bo‘lgan kutubxonalar o‘g‘il-qizlarimizga beminnat xizmat ko‘rsatib kelmoqda.   

[gallery-18291]

Barcha oromgohlarda mavsumiy pedagog kadrlar tanlab olingan bo‘lib, hozirda ular bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga yaqindan ko‘maklashmoqda. Darhaqiqat, oromgohlarda 12 kunlik namunaviy dastur ishlab chiqilgan bo‘lib, har bir dam olish maskanida o‘g‘il-qizlar “Yosh ijodkor”, “Yosh vatanparvar”, “Yosh ixtirochi”, “Yosh kitobxon”, “Yosh konstruktorlar” kabi turli to‘garaklarga qamrab olingan.   

Shuningdek, bolalarda vatanparvarlik tuyg‘usini oshirish maqsadida oromgohlarga yaqin harbiy qism, milliy gvardiya, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmalaridan xodimlar taklif etilib, o‘zlarining jangovar ko‘rinishlari bilan ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, oromgohlarda ko‘ngilochar tadbirlar “Zakovat”, quvnoq startlar sog‘lomlashtirish o‘yinlari, “Men sevgan ertak qahramoni” rasmlar tanlovi, “Ertaklar yaxshilikka yetaklar!” shiori ostida madaniy tadbirlar o‘tkazilmoqda.   

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oromgohlar bolajonlar bilan fayzli