Orolbӯyida saylov jarayoni boshlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi barcha shahar va tumanlardagi saylov uchastkalarida ham ovoz berish jarayoni davom etmoqda.
1-Qoraqalpog‘iston okrug saylov komissiyasi Matbuot markazining ӮzA muxbiriga ma’lum qilishicha, barcha shahar va tumanlardan 656 ta saylov uchastkasi tuzilgan. Bugun bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida Qoraqalpog‘istondan jami 1 million 45 ming 352 nafar saylovchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Saylov uchastkalaridan 8 ming 423 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berib, saylash huquqidan foydalandi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat olib borayotgan 71 ta OAV vakillari akkreditatsiyadan o‘tkazildi.
[gallery-4382]
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti binosida joylashgan 59-saylov uchastkasida saylov jarayoni Ӯzbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat madhiyalari bilan boshlandi. Uchastka saylov komissiyasi raisi Yesbergen Allanazarov ta’kidlashicha, hududda 1 ming 856 nafar saylovchi ovoz berishda ishtirok etishi kutilmoqda. Saylov kuni turli sabablar bilan o‘z yashash joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 27 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz bergan. Uchastkada saylovchilar uchun barcha sharoit yaratilgan.
–Ӯzimning konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanib, birinchi marta saylovda ishtirok etayapman, – deydi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti talabasi Guloyim Yerjanboyeva. – Saylovda ishtirok etib, Prezidentlikka munosib deb bilgan nomzodga ovoz berdim.
Dovud ABIBULLAEV, Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA