O‘tgan asrning 60-yillariga qadar dunyoda yirikligi bo‘yicha ko‘llar o‘rtasida to‘rtinchi o‘rinda turgan Orol dengizining qurib borishi jahon miqyosidagi eng katta antropogen ekologik ofatlardan biridir.

Ushbu fojianing oqibati milliy va mintaqaviy chegaradan chiqib ketgan. Ofat epitsentri Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqada yashayotgan millionlab odamlarning iqtisodiy, ijtimoiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti.

Orol fojiasi asnosida rivojlanayotgan inqiroz bir qator salbiy oqibatlarga, jumladan yerning degradatsiyasi va cho‘llanishi, ichimlik suvi yetishmasligi, mahalliy aholi sog‘lig‘i yomonlashishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyat ham salbiy ta’sir kuchayishi bilan murakkablashib bormoqda.

Olimlar hisob-kitobiga ko‘ra, Orolning qurigan hududida o‘simlik dunyosi to‘liq tiklanishi va dengiz tubi to‘liq qoplanishi uchun kamida 40-45 yil kerak. Afsuski, shu vaqt ichida ko‘tarilayotgan chang boshqa hududlarga ko‘chishi, aholi ijtimoiy-iqtisodiy holati yomonlashishi va boshqa shu kabi holatlar sodir bo‘lishi mumkin. Ma’lumki, tabiat o‘zini o‘zi tiklash salohiyatiga ega, biroq bunga inson aralashuvi mazkur jarayonni tezlatishi mumkin.

- O‘zbekistonda Orol dengizini qutqarish kampaniyasi avj olgan, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev. - 2020 yildan boshlab “My garden in the Aral Sea” (“Oroldagi bog‘im”) agro va ekoturizm loyihasi amalga oshirilmoqda. Ayni payt Xalqaro innovatsiya markazi tomonidan “Mo‘ynoq” va “Samanbay” tajriba-sinov maydoni tashkil etilgan. Sho‘rlanishga, qurg‘oqchilikka chidamli cho‘l va manzarali o‘simliklar genofondi shakllantirilib, 13 turdagi o‘simlik dunyosi ob’ekti sinovdan o‘tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan Orol dengizining qurigan tubida yashil qoplamani yanada kengaytirish, sho‘rga va suvsizlikka chidamli ozuqabop o‘simliklar yetishtirish, chorvachilikni rivojlantirish va ozuqa bazasini yaxshilash, innovatsiyani keng joriy etishni nazarda tutuvchi 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Milliy dastur loyihasini ishlab chiqish  bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat ekologiya qo‘mitasi huzurida 18 vazirlik, idora, 10 ilmiy-tadqiqot instituti, 13 oliy ta’lim muassasasi va Orol xalqaro innovatsion markazi vakillaridan iborat Ishchi guruh va shtab tashkil etildi.

Bunyod Abdullayevning ta’kidlashicha, Mo‘ynoqda Ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan va taqdim etilgan takliflar asosida Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan chuqur tahlil qilingan holda Orolbo‘yi mintaqasining ekologik vaziyatini barqarorlashtirish va hududni rivojlantirishga qaratilgan 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Milliy dastur hamda ushbu hujjatni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilmoqda.

Global yashil o‘sish instituti (GGGI) bilan hamkorlikda hududni rivojlantirish va ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan loyihalarga xorijiy investitsiya jalb qilish uchun zamonaviy yashil moliyalashtirish mexanizmi - Yashil obligatsiyalar joriy etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Yashil obligatsiyalar, asosan, qayta tiklanuvchi energiya, energiya samaradorligi, elektr transporti, aholining barqaror suv ta’minoti, korxonalar tomonidan havo, suv va atmosfera ifloslanishinining oldini olish, chiqindilarning tabiatga ta’sirini minimallashtirishga qaratilgan.

Dengiz qurigan tubining 7 hududida atmosfera havosi, suv va tuproq sifat darajasini aniqlash maqsadida 13 nuqtadan 26 marta tuproq, 6 nuqtadan atmosfera havosi va 3 artezian quduq suvi tahlil qilindi. Bundan tashqari Orolbo‘yi hududida uchraydigan 200 dan ziyod galofit
va kserofit o‘simlik turlari o‘rganilib, qurg‘oqchilikka va sho‘rga chidamliligiga ko‘ra, guruhga ajratildi. Ushbu hududlarda o‘sishi mumkin bo‘lgan 50 dan ziyod turdagi galofit, psammofit va kserofit o‘simliklar, 24 xil ozuqabop o‘simlik ro‘yxati shakllantirildi.

Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tomonidan mazkur sohada ilgari surilayotgan konstruktiv taklif, tashabbuslar nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro jamoatchilik tomonidan ham katta qiziqish bilan e’tirof etilmoqda.

Jumladan, 2018 yil 27 noyabrda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasi doirasida Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sherikli Trast fondini ishga tushirishga doir oliy darajadagi tadbir o‘tkazildi. Ayni payt ushbu fond qizg‘in faoliyat olib bormoqda. BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasining 2021 yil 18 may kuni o‘tkazilgan yalpi majlisida Orol dengizi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiya zonasi sifatida e’lon qilish to‘g‘risidagi maxsus rezolyutsiya bir ovozdan qabul qilindi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil qilingan BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sherikli Trast jamg‘armasi faoliyati doirasidagi ekologik va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda O‘zbekistonning yaqin hamkoridir.

Hozirgi kunda YeI tomonidan Jamg‘armaga 5 million yevro miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatildi. Finlandiya va Norvegiya ham har biri 1 million yevrodan hissa qo‘shdi. Bundan tashqari, Yevropa investitsiya banki va “Kreditanstalt für Wiederaufbau” (KfW, Germaniya) tomonidan 125 million yevro va 31,5 million yevro miqdorida aralash moliyalashtirish shaklida moliyaviy resurs ajratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Yevropa Ittifoqiga a’zo bir qator davlatlar vakillaridan iborat delegatsiyaning Orolbo‘yi mintaqasiga rasmiy tashrifi uyushtirildi. Vazirlik bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbir doirasida xorijiy delegatsiyaning Orol dengizining qurib qolgan qismida 27 mingta daraxt ekish aksiyasi rasman boshlandi.

Qolaversa, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini har tomonlama rag‘batlantirishga qaratilgan qiymati 210 million dollardan ziyod istiqbolli dastur va loyihalar taqdim qilindi.

Ayni payt Orolbo‘yini “yashil rivojlantirish” bo‘yicha qiymati 150 million yevroli investitsiya loyihasi ishga tushirilmoqda. Ushbu reja mintaqada o‘rmon, suv va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, irrigatsiya tizimini modernizatsiya qilishni ko‘zda tutadi.

Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari, Elchi Sharlotta Adrian Orol dengizi yo‘qolib borishi milliy emas, xalqaro fojia ekanini ta’kidlab, Yevropada rivojlanishning yashil yo‘nalishi hamda YeI Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasiga muvofiq, a’zo davlatlar ekologik tanazzulning oldini olish va fojiadan zarar ko‘rgan aholi barqarorligini yuksaltirish borasidagi barcha sa’y-harakatlarda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. 

YeI BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p sherikli Trast jamg‘armasiga 5 million yevro ajratdi. Bundan tashqari, YeI O‘zbekistonga sovg‘a sifatida hamda mamlakat hukumatining cho‘llanishga uchragan yerlarni tiklash borasidagi sa’y-harakatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy yil oxirigacha  ittifoqqa a’zo 27 davlat nomidan 27000 tup daraxt ekish majburiyatini oldi. 

- Shu orqali, biz kelajakda “yashil” investitsiya, Orolbo‘yi mintaqasida ekotizimni yaxshilash, barqaror hayotga yo‘l ochish harakatiga hissa qo‘shamiz, - deydi Sharlotta Adrian.

Go‘zal Sattorova,

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yini “yashil rivojlantirish” uchun 150 million yevro investitsiya kiritiladi