Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi tomonidan “Open Air Fest”– “Sirli kecha” bayram tadbiri tashkil etildi.

Har yili 18 may kuni dunyoning 150 dan ortiq mamlakatida Xalqaro muzeylar kuni nishonlanadi. Uni nishonlash to‘g‘risidagi qaror 1977 yilda Moskva va Leningrad shaharlarida o‘tkazilgan  ICOM (International Council of Museums – Xalqaro muzeylar kengashi) ning XI konferensiyasida qabul qilingan.

Dastlabki ko‘rgazmasi 1929 yilda To‘rtko‘l shahrida tashkil etilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi mana 95 yildan buyon qoraqalpoq xalqining boy ¬tarixi va san’atini, o‘lkamiz flora va faunasini aks ettiruvchi eksponatlarni keng ommaga namoyish etib kelmoqda. O‘z faoliyatini 20 ta eksponat bilan boshlagan muzey kolleksiyasi bugungi kunga kelib 84 mingga yetdi. Shundan 400 dan ziyodi noyob eksponat hisoblanadi. Muzey fondida zargarlik, arxeologiya, hunarmandchilik, amaliy san’at, tabiat, XX asrga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar, Qoraqalpo¬g‘iston Respublikasi tasviriy san’ati rivojiga hissa qo‘shgan, shuningdek, Orolbo‘yida ijod qilgan rassomlarning tasviriy san’at asarlari saqlanadi.  

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan Orolbo‘yida madaniyat, adabiyot, san’at sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yilligi arafasida qator ijtimoiy soha ob’ektlari bilan birga Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi yangi binosining foydalanishga topshirilishi ajoyib tuhfa bo‘lgandi. Milliy me’morchilik namunasi asosida qurilgan binoda barcha sharoitlar mavjud.  

 Bu bejiz emas, albatta. Chunki muzeylar har bir xalqning o‘tmishidan bugungi kunigacha saqlanib kelinayotgan shajarasi hisoblanadi. Ular orqali xalqning tarixini, davr ruhini his qilishimiz mumkin. Yoshlarni ona Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarimizga, urf-odat va an’analarimizga hurmat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni beqiyosdir.  

– Tadbir doirasida madaniy meroslar tutashgan manzil sifatida tomoshabinlarga turli xil esda qolarli bayram dasturlari namoyish etilmoqda,– deydi  Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi direktori o‘rinbosari Seniya Baybosinova. –Bugungi kunda muzeyda saqlanayotgan eksponatlarning har biri o‘z tarixiga ega. “Bir eksponat tarixi”, “Bir asr orqaga, jonli ekspozitsiya” nomli kӯrgazma dasturlari orqali tomoshabinga qiziq bo‘lgan eksponatlar haqida ma’lumot berildi. Hunarmand Oltinoy Naubetova tomonidan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otayotgan milliy kigiz bosish bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi. Tomoshabinlarga Nukus ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi o‘quvchilari ijrosida Qoraqalpoq xalq kuylaridan iborat konsert dasturi, Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri jamoasi tomonidan sahnalashtirilgan tarixiy sahna ko‘rinishi taqdim etildi. Bayram tadbiri doirasida tashrif buyuruvchilarni bir asr vaqt orqaga qaytaradigan pavilon fotokamerasi bilan suratga olindi. Arxeologik qazilmalar orqali boyliklar yashirilgan xazinalarni izlash uchun maxsus maydoncha qilinib, ko‘plab marjon va tangalarni topish uchun imkoniyatlar yaratilgan.

Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbarining 2022 yil 27 maydagi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi va uning filiallarida  har chorakda  “Open Air Fest” va “Muzeyda tun”,   teatrlashtirilgan tomoshasi, usta hunarmandning mahorat darslari  tashkil etilib kelinmoqda. Shu bilan birga, muzey 2024 yili Ozarbayjon paytaxti Boku shahridagi G.Aliyev markazida bo‘lib o‘tgan  ko‘chma ko‘rgazmada ishtirok etdi. Shuningdek, Ostona shahridagi Qozog‘iston Milliy muzeyida joriy yilning 19 martidan 1 iyunigacha bo‘lib o‘tadigan “Choklardagi meros: O‘zbekistonning kashtachilik va tikuvchilik an’analari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasida qatnashmoqda.

[gallery-23425]

Sana munosabati bilan barcha muzeylarda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazilib, tashrif buyuruvchilarga bayram dasturlari va yangi ko‘rgazmalar namoyish etilmoqda.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat),

O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yida xalqaro muzeylar kuni keng nishonlanmoqda