Orolbo‘yidagi barcha umumta’lim muassasalari, jumladan, Nukus shahridagi 1-sonli ayrim fanlar chuqurlashtirib o‘qitiladigan sinflari bor umumta’lim maktabida ham “Ilm eng buyuk sharaf” shiori ostida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalari davlat madhiyalari yangradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari R.Saparbayev qadrdon maktabi, mehribon ustozlari bilan xayrlashib, katta hayotga qadam qo‘yayotgan bitiruvchi yoshlarni, ularning ustozlari va ota-onalarini samimiy muborakbod etdi. Bu yil ushbu maktabni 154 nafar o‘quvchi bitirib, mustaqil hayotga yo‘llanma olmoqda.

Tadbir ishtirokchilariga davlatimiz rahbarining mamlakatimiz maktablarini bitiruvchi o‘g‘il-qizlariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Unda ta’kidlanganidek, shuni aslo unutmang, odamzot hayotda munosib o‘rin topishi, el-yurtning hurmati va e’tiboriga sazovor bo‘lishi uchun milliy va umuminsoniy qadriyatlarni egallab, doimo oldinga intilib yashashi, izlanish va o‘rganishdan aslo to‘xtamasligi kerak. Halol va mashaqqatli mehnat, ilmga, kasbga, ota-ona va oilaga sadoqat, hech shubhasiz, insonni yuksaltiradi, uning hayotini fayzli va charog‘on etadi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’lim sohasiga alohida e’tibor uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama komil insonlar qilib tarbiyalash, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, ustoz va murabbiylarning mehnatini munosib baholash, yoshlarning bilim olishi uchun barcha sharoitlarni yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 2024-2025 o‘quv yili yakunida Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 746 ta maktabning, shundan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qarashli 726 ta maktabning, Prezident maktabining, I.Yusupov ijod maktabining, 18 ta ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinfini jami 25 ming 798 nafar o‘quvchi bitirish arafasida turibdi. Ushbu bitiruvchilardan 537 nafari oltin, 179 nafari kumush medaliga tavsiya etildi. Joriy o‘quv yilida 46 nafar bitiruvchi muddatidan oldin talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi. Shundan 15 nafari chet ellardagi oliy o‘quv yurtlariga kirgan.

Tadbirda so‘nggi qo‘ng‘iroq chalindi. Maktab o‘quvchilari ijrosidagi qo‘shiq va raqslar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yi maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarangladi