Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Orolbo‘yi mintaqasida muhim ahamiyatga ega navbatdagi tashabbusni amalga oshirdi.

Xalqaro tuzilma havo sifati, yer va suv resurslarini boshqarishni yaxshilashga bag‘ishlangan qo‘shma dastur doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining uchta tumanida oltita zamonaviy meteorologik stansiya o‘rnatdi.

Ushbu ilg‘or monitoring tizimlari harorat, yog‘ingarchilik miqdori, namlik, shamol tezligi va quyosh nurlanishi kabi muhim iqlim
ko‘rsatkichlarini uzluksiz kuzatib boradi va real vaqtdagi ma’lumotlarni taqdim etadi. 

Tashabbus Mo‘ynoq, Qo‘ng‘irot va Taxtako‘pir tumanlaridagi aholiga bevosita foyda keltiradi.

Dastur ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan zaif qatlam, ayniqsa, ayollar, bolalar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan, chunki ular mintaqadagi ekologik tanazzuldan ko‘proq aziyat chekishi mumkin.

– Ushbu meteorologik tarmoq Orolbo‘yi hududidagi iqlim masalalarini tushunish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi, – dedi FAOning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov. – Oltita stansiyadan olingan ma’lumotlar bizga mintaqamiz uchun eng samarali va ilmiy asoslangan iqlim strategiyalarini yaratish imkonini beradi.

Qayd etish kerak, FAO va BMT Taraqqiyot dasturi qo‘shma tashabbusi mazkur yo‘nalishdagi salohiyatni oshirishga xizmat qiladi. Dastur ekotizim xizmatlarini boshqarish amaliyotini takomillashtirish, ekologik degradatsiyani bartaraf etishda innovatsion yechimlar ilgari surish yo‘lida zarur bilim, vosita va resurslar bilan ta’minlaydi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur hamkorlik ekologik muammolarga kompleks yondashuvni ta’minlash, dunyodagi ekologik muammolarni bartaraf etishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yi hududlariga oltita zamonaviy meteorologik stansiya o‘rnatildi