Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Prezident archasi teatrlashtirilgan bayram tomoshasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirga bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, qarovisiz qolgan o‘g‘il-qizlar, Vatanimiz tinchligi, sarhadlarimiz osoyishtaligi yo‘lida qurbon bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari taklif etildi. 

Tantanali marosimda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev ishtirok etib, bolalarni Yangi yil bayrami bilan muborakbod etdi va Prezidentimizning bayram sovg‘alarini topshirdi. 

[gallery-21033]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 4 dekabrdagi “Yangi yil bayrami munosabati bilan “Prezident archasi” bayramini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada tashkil qilish” bo‘yicha majlis bayonnomasi asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, oilaviy bolalar uyidagi tarbiyalanuvchilari va o‘zlarining farzandlari, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan jami 587 nafar bolaga Prezident sovg‘asi topshirilishi belgilangan. 

Bayram dasturi chiroyli bezatilgan Archa atrofida qorbobo va qorqiz, turli ertak qahramonlari ishtirokida teatrlashtirilgan tomoshalar bilan davom etdi. 

Prezident sovg‘alarini topshirish marosimi barcha shahar va tumanlarda davom etmoqda. 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orolbo‘yi bolalariga Prezident sovg‘asi topshirildi