O‘tkir RAHMAT

( Ballada)

 

Borliq halovatda,

Samo-da sokin,

Orol nafas olar ertani o‘ylab.

Nurafshon kunlarga yo‘l olgan sekin,

Ko‘ngliga ming turli orzular joylab...

Nogohon avzoyi buzildi ko‘kning,

Birdan yetib keldi darg‘azab shamol.

Ertayu bugundan umidi yo‘qning

O‘yin boshlagani shudir, ehtimol.

Nima u yurakka bexos qadalgan,

O‘tganlar ruhining chirqillashimi?

Qaqragan vujudin junubushga solgan,

Tasodif g‘alvaning g‘am-tashvishimi?

Sarg‘aygan kiprigi namlandi birdan,

Ko‘zyoshmi, yomg‘irmi, bilmas edi u.

Fitna xabarlari kelar har yerdan,

Orolning ko‘ngliga solgancha qutqu.

Boshin quyi egib, jim qoldi sho‘rlik,

Yig‘lar saksovulga zo‘rg‘a osilib.

Urchib ketmasin deb jaholat, zo‘rlik,

Men ham yig‘lar edim unga qo‘shilib...

Shu dam xayolimda jonlanar moziy,

U ham shular haqda o‘y surar chog‘i:

Changalin soldimi g‘alamis, osiy,

Qaylarga yo‘qoldi yashil gulbog‘i?

Qarasam Orolning ko‘z yoshi chak-chak

Tomardi xotira o‘rtab jonimni.

Umriga qasd etdi zolim gulpechak,

Yomon kuydirgandi xonumonini...

Bir payt moviy edi, qanday zo‘r edi,

Mavjlangan to‘lqini sachrar osmonga.

Biroq hardamxayol, ancha g‘o‘r edi,

U sig‘may qolgandi manfur zamonga...

Unda zarra ayb yo‘q, etishgan majbur

“Odil sho‘ro”larning zulmi, a’moli.

Shundan beri dilim notinch, behuzur,

Usiz xira tortdi borliq jamoli.

Chekindi,

O‘rnini oldi qumdengiz,

Ko‘z ochirmay qo‘ydi behad to‘zoni.

Riyolar...

Jafolar ortdi-ku tengsiz,

G‘uborlar qopladi billur havoni.

Sho‘rlik yig‘lab-yig‘lab yana kichraydi,

Ahvolin so‘rarga kimsa bo‘lmadi.

Baxtsizning yo‘lida kim ham uchraydi,

Qirg‘og‘i chekindi, vale o‘lmadi.

Abadiy haqiqat: tundan so‘ng tong bor,

Shirin meva berar qanoat, bardosh —

Yana tonglar otdi — moviy, beg‘ubor.

Yana nurlar sochdi mehribon quyosh.

Yaxshilar u tomon uzatdilar qo‘l,

Qum-sahro o‘rnida yashil bog‘ bo‘ldi.

Yana quvnab qoldi g‘arib Orolko‘l,

Bechora dengizning ko‘ngli chog‘ bo‘ldi.

Qancha ulug‘ ishlar chiqdi amalga,

Butun O‘zbekiston boshida giryon.

Orol o‘lmagaydir endi sal-palga,

Qum-bahran o‘rnida bo‘y cho‘zar o‘rmon.

Obod bo‘ldi bugun kent, ovullari,

Boshida turibdi elparvar inson.

Endi kor qilmagay qum dovullari,

Unga kulib boqdi chindan ham zamon.

Har bir manzilida qaynaydi hayot,

Odamlar yuziga indi tabassum.

Orolim, bir ishdan ogoh bo‘l faqat,

Dunyoda o‘yin ko‘p judayam mash’um...

Qaddingni ko‘tarib, nafas rostlab sal,

Orzu-umid bilan boqsang samoga.

Qadalgan nihollar tutganda amal,

Ko‘z tegdimi, deyman sendek ma’voga.

Bulbullar ovozi qaytib makonga,

Chayqalib-chayqalib sollanar bog‘lar.

Qumliklar yo‘l bergan chog‘da chamanga,

Qaydan kelib qoldi quzg‘unu zog‘lar.

Dunyo, ayt,

ayt axir, nega shu damda,

Ruhimda kezmoqda g‘alat bir o‘kinch:

Nelar yuz bermoqda bu kun olamda,

Qay bir yurt talangan, qay biri notinch?

Ayt, nega borarlar shum jarlik tomon,

Fisqu fasodlarga sherikdir nega?

Ayt, nega savashar behis olomon,

Yo‘l ko‘rmas osiylar tirikdir nega?

Kim yomonlik tilar o‘z onasiga,

Kim istar momolar ko‘zyoshin, ohin?..

Nur bitgan chog‘ zulmat peshonasiga,

Ayt, nega qo‘zg‘atding ajdodlar ruhin?

Orolbo‘ylariga inganda ziyo,

Yovuzlik lashkari qo‘pdimi, hayhot.

Bunchalar urushga o‘ch bo‘lding, dunyo,

Bunchalar bizlarni qiynading, hayot?

Baxtimiz ko‘rolmas qaysi bir nokas,

Uning hiylasidan urchir g‘alayon,

Yurakdan otilib chiqadi bir sas,

Ko‘z oldimda g‘alat hollar namoyon:

...Go‘daklar ko‘zidan qalqiydi ko‘zyosh,

Ona ko‘kka boqib, aylaydi nola.

Ezib, yanchib borar qaysi bag‘ritosh,

Oyoqlar ostida qoldi bechora...

Yana bir gul so‘ldi,

Ochmayin g‘uncha

Toptaldi...

Ezildi...

Navqiron nihol...

Bundayin ko‘rgulik, dardni tuyguncha,

Qanday chidar ekan, bilmayman Orol?!

Bu inson fidoyi,

Qirqdami yoshi,

Nechaga kirganin, bilmayman rosti.

Tag‘in bir insonning tugadi oshi,

Yana g‘olib keldi o‘limning dasti.

 

Ichimni tirnaydi g‘alati tuyg‘u:

U yigit jon berdi...

Ayni avji yoz.

Urush nimaligin bilmas edi u,

Faqat kinolarda ko‘rgandi, xolos...

Mardum orasida bordir begona,

Bu fitnani ana shular chiqardi?

Bir kunda ming yoshga qaridi ona,

Bir kunda otaning sochi oqardi.

Axir, o‘ylamasmi inson, degani,

G‘animlar o‘yinda g‘olibdir tokay?!

Bizni kechirarmi vijdon, degani,

Bizni kechirarmi mas’um bolakay?!

Orolim, injima, yetar endi, yo‘q,

O‘rningga dardingni yutib beraman.

Sen sari otilsa, magar biror o‘q,

Ishongin, ko‘ksimni tutib beraman.

Bu ishlar dunyoning makri haynahoy,

Yig‘lama Orolim, chekmagin ozor.

Boshingni qo‘yishga eng munosib joy,

Ishongin, sen uchun mening yelkam bor.

...Shu topda o‘ylarim qo‘ymaydi omon,

Go‘yoki chayqalib bormoqda ochun.

Nechun qora tortdi musaffo osmon,

Nega bezovtadir muqaddas zamin?

Ehtimol, ko‘nglida ming turli savol

Ichini timdalab o‘tayotgandir.

Dahri dun makridan bechora Orol

Alamdan ko‘z yoshlar to‘kayotgandir...

Ey do‘stim, ogoh bo‘l, yo‘lingda tuzoq,

Chalg‘itib qo‘ymasin g‘anim tikkan g‘ov.

O‘zingni asragin, qadrdon Mo‘ynoq,

Ko‘k qadar yuksalgin, aziz Bo‘zatov.

Tinchlik tilagayman senga har zamon,

Ezguliklar sari tashla deb qadam.

Duoda turibdi Berdaq ham hamon,

Ana, “Omin” deydi Ajiniyoz ham.

Qarog‘i namlangan, dili-chi pora,

Dushman yo‘lini boradi to‘sib...

Qardoshlikni alqab she’r o‘qir, qara,

Silkinib-silkinib Ibroyim Yusuf.

Bilaman, hasrating dostoni uzun,

Kel, artay ko‘zdagi jolalaringni.

Bovurim, yovga yem bo‘lmaslik uchun,

Asragin g‘animdan bolalaringni.

 

Ha, demay bu kunlar o‘tadi, albat,

G‘ashliklar chekinar, dillar yorishar.

Yagona o‘tinchim — o‘gitim faqat:

Birlashgan yo‘lchilar cho‘qqilar oshar.

Orol ko‘zyoshlari tinadi shunda,

Adashgan irmoqlar o‘zanga qaytar.

“Nima yetishmaydi bizga ochunda?!”

Har oqil kimsaki shu gapni aytar.

Orol qaytib ko‘zyosh to‘kmaslik uchun,

Yashnasin ko‘ngilda mehru muhabbat.

Dunyoga omonlik tilaylik bugun,

Takrorlaylik kelgin shu so‘zni faqat:

Bilasan, ikkimiz bir tanu bir jon,

Ajratib bo‘lmagay — etu tirnoqmiz.

Muqaddas bu tuproq — jonajon makon,

Qardoshmiz — o‘zbekmiz, qoraqalpoqmiz!

Bilgin, nifoq solmas ag‘yorlar toshi,

Bejiz taqdir bizni bog‘lagan emas.

Bir bo‘lsak, Orolning oqmas ko‘z yoshi,

Ingramas,

Bo‘zlamas,

Ortiq yig‘lamas...

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orol sog‘inchi

O‘tkir RAHMAT

( Ballada)

 

Borliq halovatda,

Samo-da sokin,

Orol nafas olar ertani o‘ylab.

Nurafshon kunlarga yo‘l olgan sekin,

Ko‘ngliga ming turli orzular joylab...

Nogohon avzoyi buzildi ko‘kning,

Birdan yetib keldi darg‘azab shamol.

Ertayu bugundan umidi yo‘qning

O‘yin boshlagani shudir, ehtimol.

Nima u yurakka bexos qadalgan,

O‘tganlar ruhining chirqillashimi?

Qaqragan vujudin junubushga solgan,

Tasodif g‘alvaning g‘am-tashvishimi?

Sarg‘aygan kiprigi namlandi birdan,

Ko‘zyoshmi, yomg‘irmi, bilmas edi u.

Fitna xabarlari kelar har yerdan,

Orolning ko‘ngliga solgancha qutqu.

Boshin quyi egib, jim qoldi sho‘rlik,

Yig‘lar saksovulga zo‘rg‘a osilib.

Urchib ketmasin deb jaholat, zo‘rlik,

Men ham yig‘lar edim unga qo‘shilib...

Shu dam xayolimda jonlanar moziy,

U ham shular haqda o‘y surar chog‘i:

Changalin soldimi g‘alamis, osiy,

Qaylarga yo‘qoldi yashil gulbog‘i?

Qarasam Orolning ko‘z yoshi chak-chak

Tomardi xotira o‘rtab jonimni.

Umriga qasd etdi zolim gulpechak,

Yomon kuydirgandi xonumonini...

Bir payt moviy edi, qanday zo‘r edi,

Mavjlangan to‘lqini sachrar osmonga.

Biroq hardamxayol, ancha g‘o‘r edi,

U sig‘may qolgandi manfur zamonga...

Unda zarra ayb yo‘q, etishgan majbur

“Odil sho‘ro”larning zulmi, a’moli.

Shundan beri dilim notinch, behuzur,

Usiz xira tortdi borliq jamoli.

Chekindi,

O‘rnini oldi qumdengiz,

Ko‘z ochirmay qo‘ydi behad to‘zoni.

Riyolar...

Jafolar ortdi-ku tengsiz,

G‘uborlar qopladi billur havoni.

Sho‘rlik yig‘lab-yig‘lab yana kichraydi,

Ahvolin so‘rarga kimsa bo‘lmadi.

Baxtsizning yo‘lida kim ham uchraydi,

Qirg‘og‘i chekindi, vale o‘lmadi.

Abadiy haqiqat: tundan so‘ng tong bor,

Shirin meva berar qanoat, bardosh —

Yana tonglar otdi — moviy, beg‘ubor.

Yana nurlar sochdi mehribon quyosh.

Yaxshilar u tomon uzatdilar qo‘l,

Qum-sahro o‘rnida yashil bog‘ bo‘ldi.

Yana quvnab qoldi g‘arib Orolko‘l,

Bechora dengizning ko‘ngli chog‘ bo‘ldi.

Qancha ulug‘ ishlar chiqdi amalga,

Butun O‘zbekiston boshida giryon.

Orol o‘lmagaydir endi sal-palga,

Qum-bahran o‘rnida bo‘y cho‘zar o‘rmon.

Obod bo‘ldi bugun kent, ovullari,

Boshida turibdi elparvar inson.

Endi kor qilmagay qum dovullari,

Unga kulib boqdi chindan ham zamon.

Har bir manzilida qaynaydi hayot,

Odamlar yuziga indi tabassum.

Orolim, bir ishdan ogoh bo‘l faqat,

Dunyoda o‘yin ko‘p judayam mash’um...

Qaddingni ko‘tarib, nafas rostlab sal,

Orzu-umid bilan boqsang samoga.

Qadalgan nihollar tutganda amal,

Ko‘z tegdimi, deyman sendek ma’voga.

Bulbullar ovozi qaytib makonga,

Chayqalib-chayqalib sollanar bog‘lar.

Qumliklar yo‘l bergan chog‘da chamanga,

Qaydan kelib qoldi quzg‘unu zog‘lar.

Dunyo, ayt,

ayt axir, nega shu damda,

Ruhimda kezmoqda g‘alat bir o‘kinch:

Nelar yuz bermoqda bu kun olamda,

Qay bir yurt talangan, qay biri notinch?

Ayt, nega borarlar shum jarlik tomon,

Fisqu fasodlarga sherikdir nega?

Ayt, nega savashar behis olomon,

Yo‘l ko‘rmas osiylar tirikdir nega?

Kim yomonlik tilar o‘z onasiga,

Kim istar momolar ko‘zyoshin, ohin?..

Nur bitgan chog‘ zulmat peshonasiga,

Ayt, nega qo‘zg‘atding ajdodlar ruhin?

Orolbo‘ylariga inganda ziyo,

Yovuzlik lashkari qo‘pdimi, hayhot.

Bunchalar urushga o‘ch bo‘lding, dunyo,

Bunchalar bizlarni qiynading, hayot?

Baxtimiz ko‘rolmas qaysi bir nokas,

Uning hiylasidan urchir g‘alayon,

Yurakdan otilib chiqadi bir sas,

Ko‘z oldimda g‘alat hollar namoyon:

...Go‘daklar ko‘zidan qalqiydi ko‘zyosh,

Ona ko‘kka boqib, aylaydi nola.

Ezib, yanchib borar qaysi bag‘ritosh,

Oyoqlar ostida qoldi bechora...

Yana bir gul so‘ldi,

Ochmayin g‘uncha

Toptaldi...

Ezildi...

Navqiron nihol...

Bundayin ko‘rgulik, dardni tuyguncha,

Qanday chidar ekan, bilmayman Orol?!

Bu inson fidoyi,

Qirqdami yoshi,

Nechaga kirganin, bilmayman rosti.

Tag‘in bir insonning tugadi oshi,

Yana g‘olib keldi o‘limning dasti.

 

Ichimni tirnaydi g‘alati tuyg‘u:

U yigit jon berdi...

Ayni avji yoz.

Urush nimaligin bilmas edi u,

Faqat kinolarda ko‘rgandi, xolos...

Mardum orasida bordir begona,

Bu fitnani ana shular chiqardi?

Bir kunda ming yoshga qaridi ona,

Bir kunda otaning sochi oqardi.

Axir, o‘ylamasmi inson, degani,

G‘animlar o‘yinda g‘olibdir tokay?!

Bizni kechirarmi vijdon, degani,

Bizni kechirarmi mas’um bolakay?!

Orolim, injima, yetar endi, yo‘q,

O‘rningga dardingni yutib beraman.

Sen sari otilsa, magar biror o‘q,

Ishongin, ko‘ksimni tutib beraman.

Bu ishlar dunyoning makri haynahoy,

Yig‘lama Orolim, chekmagin ozor.

Boshingni qo‘yishga eng munosib joy,

Ishongin, sen uchun mening yelkam bor.

...Shu topda o‘ylarim qo‘ymaydi omon,

Go‘yoki chayqalib bormoqda ochun.

Nechun qora tortdi musaffo osmon,

Nega bezovtadir muqaddas zamin?

Ehtimol, ko‘nglida ming turli savol

Ichini timdalab o‘tayotgandir.

Dahri dun makridan bechora Orol

Alamdan ko‘z yoshlar to‘kayotgandir...

Ey do‘stim, ogoh bo‘l, yo‘lingda tuzoq,

Chalg‘itib qo‘ymasin g‘anim tikkan g‘ov.

O‘zingni asragin, qadrdon Mo‘ynoq,

Ko‘k qadar yuksalgin, aziz Bo‘zatov.

Tinchlik tilagayman senga har zamon,

Ezguliklar sari tashla deb qadam.

Duoda turibdi Berdaq ham hamon,

Ana, “Omin” deydi Ajiniyoz ham.

Qarog‘i namlangan, dili-chi pora,

Dushman yo‘lini boradi to‘sib...

Qardoshlikni alqab she’r o‘qir, qara,

Silkinib-silkinib Ibroyim Yusuf.

Bilaman, hasrating dostoni uzun,

Kel, artay ko‘zdagi jolalaringni.

Bovurim, yovga yem bo‘lmaslik uchun,

Asragin g‘animdan bolalaringni.

 

Ha, demay bu kunlar o‘tadi, albat,

G‘ashliklar chekinar, dillar yorishar.

Yagona o‘tinchim — o‘gitim faqat:

Birlashgan yo‘lchilar cho‘qqilar oshar.

Orol ko‘zyoshlari tinadi shunda,

Adashgan irmoqlar o‘zanga qaytar.

“Nima yetishmaydi bizga ochunda?!”

Har oqil kimsaki shu gapni aytar.

Orol qaytib ko‘zyosh to‘kmaslik uchun,

Yashnasin ko‘ngilda mehru muhabbat.

Dunyoga omonlik tilaylik bugun,

Takrorlaylik kelgin shu so‘zni faqat:

Bilasan, ikkimiz bir tanu bir jon,

Ajratib bo‘lmagay — etu tirnoqmiz.

Muqaddas bu tuproq — jonajon makon,

Qardoshmiz — o‘zbekmiz, qoraqalpoqmiz!

Bilgin, nifoq solmas ag‘yorlar toshi,

Bejiz taqdir bizni bog‘lagan emas.

Bir bo‘lsak, Orolning oqmas ko‘z yoshi,

Ingramas,

Bo‘zlamas,

Ortiq yig‘lamas...