O‘zA kuzatuvi: O‘zbekiston amaldorlari hafta davomida qanday ishlar bilan shug‘ullandi?

Mutaxacsislar fikricha, o‘rmonlarning qanday ahamiyat kasb etishini anglash uchun  so‘nggi paytda O‘zbekiston hududida tez-tez ro‘y berayotgan qum va tuz bo‘ronlarini eslash kifoya!

Mamlakatimizning davlat o‘rmon fondi yerlari 11 144, 5 ming gektar bo‘lib, shundan 3251,3 ming gektar qismi o‘rmonzorlarni tashkil etadi. 
Davlat o‘rmon fondi yerlari to‘rt toifaga mansub, ular cho‘l hududi, tog‘ hududi, vodiy hududi va to‘qay hududi o‘rmonzorlari hisoblanadi. O‘rmon bilan qoplangan hududlar  mamlakat umumiy yer maydonining 7,2 foizini tashkil etadi. Demakki, eng katta qismi cho‘l hududlaridan iborat. 

Asosiy qismi cho‘l hududidan tashkil topgan va asosan qurg‘oqchilikka moyil bo‘lgan yurtimizda mavjud o‘rmonlarni  saqlab qolish, yangi o‘rmonzor maydonlarni barpo etish hisobiga ularni kengaytirish bugunning dolzarb masalasidir.
Xo‘sh, soha mutasaddilari bugun nima bilan band?

"O‘zA kuzatuvi" loyihasi doirasida biz O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi Nizomiddin Bakirovning o‘tgan haftada amalga oshirgan ish faoliyatiga e’tibor qaratdik.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi matbuot xizmati tomonidan bizga taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Nizomiddin Bakirovning o‘tgan haftadagi asosiy ish faoliyati Nukus shahrida kechgan. 

Ma’lumki, joriy yil 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi doirasida Orol dengizining qurigan tubini borib ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev 2018 yilda Mo‘ynoqqa tashrifi chog‘ida olimlar bilan maslahatlashib, u yerda sho‘rga chidamli o‘simliklar ekish vazifasini belgilagan edi. Tashrif davomida ekologlar va o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari bilan suhbat bo‘lib o‘tgan.
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi Nizomiddin Bakirovning ta’kidlashicha, 2002 yilda ham mazkur hududlarda suv bo‘lgan.
Mutaxassis fikriga ko‘ra, bitta saksovul 1 tonnagacha qumni ushlab qoladi. Orolning qurigan joyidagi qumlar oddiy qum emas, balki ular tarkibida zaharli moddalar ham ko‘p. Agar ularni shamol ko‘tarsa, aholi salomatligiga katta ziyon yetkazadi.

Mo‘ynoqliklar saksovul urug‘ini terib, davlatga sotish bilan shug‘ullanyapti va bir mavsumda 40-50 million  so‘mgacha oilaviy daromad qilishmoqda. Keyingi bosqichda bu joylarda yashil yaylovlar tashkil qilib, aholiga chorvachilik uchun sharoit yaratish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, tashrif davomida Orolbo‘yining flora va faunasini yaxshilash bo‘yicha 5 yillik milliy dastur ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Muloqot chog‘ida Shavkat Mirziyoyev Orol dengizining qurigan tubida o‘rmonzorlar barpo etishdagi qahramonona mehnati va yuksak natijalari uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, 2018 yildan buyon Orolqumda 1 million 524 ming gektar o‘rmonzor yaratilgan.
Nizomiddin Bakirovning so‘zlariga ko‘ra, Orol dengizining qurigan tubi  va Orolbo‘yi hududlarida jami keyingi besh yillik 1 million gektar, shundan 2022 yilda 200 ming gektar hajmda cho‘l o‘simliklaridan «yashil qoplamalar» himoya o‘rmonzorlari barpo etish rejalashtirilgan. bugungi kungacha,  700 tonna cho‘l o‘simliklarining urug‘larini jamg‘arilgan. 18 ming gektar maydonda «yashil qoplamalar» barpo etilgan. 
Respublika bo‘ylab «yashil yillik» tadbirini o‘tkazishga keng miqyosda tayyorgarlik ko‘rilmoqda. O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan har bir hududga mos ravishda ko‘kalamzorlashtirish uchun tavsiya etiladigan daraxt-buta turlari hamda ekish agrotexnikasi bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda.

Muhayyo  Toshqorayeva,
O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orol: qumlardagi zaharli moddalar – O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisi haftani Nukusda o‘tkazdi