Urganch shahrida shu yilning oktabr oyi oxirida Prezidentimiz Islom Karimovning 2014-yil 5-avgustda qabul qilingan farmoyishiga binoan «Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. 

Orol dengizi fojiasi – eng katta global ekologik halokatlardan biri bo‘lib, xususiyati va ko‘lamiga ko‘ra turli ekologik muammolarni keltirib chiqarmoqda. Aynan shu bois Orol dengizi tanazzulining salbiy oqibatlarini bevosita boshidan kechirayotgan Markaziy Osiyo mamlakatlari, birinchi navbatda, O‘zbekiston jahon hamjamiyatini tobora qurib borayotgan ushbu dengizni qutqarish, mintaqadagi ekologik ahvolni barqarorlashtirish va eng muhimi, bu yerda yashayotgan aholi hayotini yaxshilashga da’vat etib keladi. 

Bugungi kunda Orol dengizining katta qismi Orolbo‘yi mintaqasini shafqatsizlarcha qamrab olayotgan 5,5 million gektardan iborat qum-tuz sahrosiga aylangan. Olimlarning ta’kidlashicha, har yili atmosferaga qurib borayotgan dengiz tubidan 75 million tonnadan ziyod chang va zaharli tuzlar ko‘tarilib, 400 kilometrlik maydon bo‘ylab tarqalmoqda. Orol dengizining G‘arbdan Sharq tomonga esadigan kuchli havo oqimi yo‘lida joylashgani va bu aerozollarning atmosfera yuqori qatlamlariga ko‘tarilishiga yordam berayotgani atrof-muhit ifloslanishi oqibatlarini yanada kuchaytirmoqda. Tuz oqimlari alomatlari butun Yevropa va hatto Shimoliy muz okeanida ham kuzatilmoqda. 

Yaqin vaqtlargacha kattaligi bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi ko‘l bo‘lgan Orol dengizi tabiiy zaxiralarga boyligi bilan mashhur edi. Orolbo‘yi mintaqasi esa rivojlanayotgan va biologik jihatdan boy tabiiy muhit hisoblanardi. Orolning o‘ziga xosligi va xilma-xilligi hech kimni befarq qoldirmasdi. Mahalliy aholining aytishicha, Orolbo‘yi bir paytlar Qoraqum va Qizilqum sahrosi o‘rtasida joylashgan najotbaxsh maskan bo‘lgan. 

Mutaxassislarning fikricha, daryolarning Orolga quyilish hajmi keyingi ellik yil ichida qariyb 4,5 barobar, suv yuzasi maydoni 8 va suv hajmi 13-martadan ko‘proqqa kamaygan. Sho‘rlanish darajasi esa 13-25 barobar ortib, bu Tinch okeanining o‘rtacha minerallashuv darajasidan 7-11-marta ko‘pdir. 

Suvning ifloslanishi, dengizning qaqragan tubidan katta miqdorda tuz va chang ko‘tarilishi Orolbo‘yi mintaqasi aholisi orasida turli kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, bu yerdagi xavfli ekologik holat bolalarga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Orol dengizining halokatga uchrashi tabiatga ham katta zarar yetkazayotir. Mintaqada hayvonot va nabotot olami genofondining deyarli yarmidan ko‘pi, ya’ni baliqlarning 11, sut emizuvchilarning 12, qushlarning 26 va o‘simlikning 11 turi yo‘q bo‘lib ketgan. 

Suv resurslarining tanqisligi, ichimlik suvi sifatining pasayishi, yerning ifloslanishi va yaroqsiz holga kelishi, bioxilma-xillikning keskin kamayib ketishi, aholi salomatligi va genofondining yomonlashuvi, iqlim o‘zgarishlari, ehtimol, shu bilan bog‘liq ravishda mintaqa asosiy daryolari oqimining katta qismi hosil bo‘ladigan Pomir va Tyan-Shan muzliklari maydonining qisqarib borishi – bular Orol dengizining halokati natijasida vujudga kelayotgan muammolarning bir qismi, xolos. 

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari ko‘p yillardan buyon ushbu ekologik ofat oqibatlarini bartaraf etish yo‘lida samarali ishlarni amalga oshirmoqda. 1993-yilning yanvar oyida O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘iziston hamkorligida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining tashkil etilgani bu borada muhim voqea bo‘ldi. Prezidentimiz Islom Karimov ushbu masalani ilk bor BMT Bosh assambleyasining 1993-yil 28-sentabrda bo‘lib o‘tgan 48-sessiyasida ko‘tarib chiqqan va jahon hamjamiyati e’tiborini Orol dengizi muammosiga qaratgan edi. Bundan tashqari, Orol fojiasining halokatli oqibatlari kuchli ta’sir ko‘rsatayotgan davlatlar vakillari Bosh assambleyaning 1995-yil 24-oktabrdagi 50-sessiyasida jahon hamjamiyatiga Orol dengizi va Orolbo‘yi mintaqasini qutqarishda yordam so‘rab murojaat qildi. Davlatimiz rahbari BMTning Atrof-muhit bo‘yicha dasturi shaf’eligida Orol dengizi va Orolbo‘yi muammolari bo‘yicha kengashni tashkil qilish tashabbusini ilgari surdi. 

Buning samarasida 1995-2012-yillarda Orolbo‘yi mintaqasiga umumiy hajmi 1,1 milliard dollardan ortiq xalqaro donorlik yordami ko‘rsatildi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘z mablag‘lari hisobidan Orol dengizi havzasi davlatlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ikkita dastur amalga oshirildi. Jumladan, Orol dengizi havzasida suv resurslarini birgalikda boshqarish mexanizmlarini rivojlantirish, ekologik ofat hududlarini qayta tiklash, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, salomatligini yaxshilash, qashshoqlik va ishsizlik darajasini kamaytirishga doir salmoqli ishlar bajarildi. Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a’zo davlatlar 2003-2010-yillarda ushbu yo‘nalishdagi loyihalarni amalga oshirish uchun 2 milliard dollardan ziyod mablag‘ ajratdi. 

2008-yili Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti ko‘magida Toshkentda «Orol muammolari, ularning aholi genofondi, o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri hamda oqibatlarini yengillashtirish uchun xalqaro hamkorlik chora-tadbirlari» mavzusida bo‘lib o‘tgan xalqaro konferensiya mintaqadagi ekologik ahvolni yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etdi. Konferensiya doirasida ishlab chiqilgan Harakat rejasi Orol dengizi havzasi davlatlariga yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2011-2015-yillarga mo‘ljallangan uchinchi dasturning asosini tashkil etdi. Dasturni ishlab chiqishda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi, BMT tizimiga kiradigan tashkilotlar, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa Ittifoqi, ko‘plab donor-mamlakatlar vakolatxonalari ishtirok etdi. Dasturga kiritilgan uch yuzdan ziyod loyihani hayotga tatbiq etish uchun 8,5 milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan edi. 

Bugun Orolbo‘yi mintaqasini qayta tiklash muammolarini yengillashtirish, aholi salomatligi va genofondini saqlash, ekotizimlarni qayta tiklash va himoya qilish, aholining munosib hayot kechirishi uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda. Oktabr oyi oxirida Urganch shahrida «Orol dengizi mintaqasidagi ekologik ofat oqibatlarini yumshatish bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish» mavzusida bo‘lib o‘tadigan xalqaro konferensiya kun tartibiga aynan ushbu masalalar kiritiladi. 

Konferensiyaning asosiy maqsadi – Orol dengizi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yaxshilashga qaratilgan dastur hamda loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamjamiyat mablag‘ va sa’y-harakatlarini safarbar etish, shuningdek, ekologik ofatning salbiy oqibatlarini kamaytirishga doir xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat. 

Yalpi majlisda Orol dengizi muammolariga bag‘ishlangan videofilmni namoyish etish rejalashtirilgan, mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish masalalalari muhokama etiladi, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi Ijroiya qo‘mitasi vakillari, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari rahbarlari va donorlarning ma’ruzalari tinglanadi. 

Shubhasiz, konferensiya natijalari xalqaro hamjamiyatning Orol fojiasini yanada teran anglashiga, ekologik ahvolni yaxshilash bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishga yordam beradi. 

Bo‘lib o‘tadigan mazkur konferensiya to‘g‘risidagi batafsil axborot bilan maxsus www.aralconf.uz. saytida tanishish mumkin.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orol muammosini bartaraf etish yo‘lida