“Orol” jamoasi – hokim kubogi sohibi
Nukusda futbol bo‘yicha “Nukus shahar hokimi kubogi” uchun musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 8 ta jamoa g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi.
Musobaqaning finalida Nukusning “Orol” va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining “QQDU-Jayhun” jamoalari uchrashdi. Qiziqarli o‘tgan final bellashuvida “Orol” jamoasi raqibini 3:2 hisobida yengishga muvaffaq bo‘ldi va “Nukus shahar hokimi kubogi” sohibiga aylandi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jamoasini 7-4 hisobida mag‘lub etgan “Orol” futbol akademiyasi jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Sovrinli o‘rin egalari diplom, medal, kubok va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri.