“Orol” futbol jamoasiga zamonaviy avtobus topshirildi
Bugungi kunda Pro-Liga o‘yinlarida Nukusning “Orol” futbol jamoasi yetakchilikni qo‘ldan bermay kelmoqda.
Futbol jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident sovg‘asi – zamonaviy avtobus tantanali ravishda topshirildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Amanbay Orinbayev so‘zga chiqib, jamoa doimo qo‘llab-quvvatlashda ekanligini ta’kidladi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston Pro-Ligasining 11-tur markaziy o‘yinida 26 ochko to‘plagan holda birinchilikni qo‘ldan bermay kelayotgan “Orol” futbol jamoasi yana bir yetakchi “Sho‘rtan” jamoasiga qarshi maydonga tushdi va o‘yin yakunida 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Ta’kidlash joizki, “Orol” professional futbol klubi bugungi kunda Pro-Ligada yetakchilik qilib, Superligaga yo‘llanma olish uchun astoydil harakat qilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri