Atrof-muhit va iqlimning salbiy tomonga o‘zgarishi, suv va havoning ifloslanishi ekologik vaziyatning yomonlashuviga olib keladi. Orol dengizi suv sathining pasayib ketishi ham global muammoga aylanib, mintaqa ekologiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Orol qurigach, dengiz o‘rnidagi ulkan sahroni qoplagan tuzlarni shamol yuzlab chaqirimga uchirib, to‘zg‘ita boshlagandi.

Mutaxassislarga ko‘ra, har yili dengiz o‘rnidagi sahrodan 100-150 million tonnadan ko‘proq chang-tuz osmonga ko‘tarila boshlagan. Orol dengizining qurishi, ayniqsa, mintaqa xalqlarining eng dolzarb muammosi bo‘lib qolmoqda.

Orol dengizining suvi qurigan hududlarida o‘rmon-meliorativ tadbirlari borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Zafar ESHONQULOV O‘zA muxbiriga quyidagilarni so‘zlab berdi.

– Orol dengizining qurishi tarixdagi eng katta ekologik fojialardan biri, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi, – deydi Z.Eshonqulov. – Sahroga aylangan dengiz tubidagi tuzlar, qum-chang va zaharli o‘g‘itlar insonlar hayoti va tabiatni xavf ostiga qo‘ygan. Ammo bugun mamlakatimizda Orol dengizini saqlab qolish borasida misli ko‘rilmagan tajribalar qo‘llanilib, dengiz o‘rnidagi sahroni o‘rmonga aylantirish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari tomonidan ushbu ekologik muammoni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilib, Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasida keng miqyosda amaliy ishlar bajarildi.

Bu borada Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari qabul qilinib, “yashil qoplamalar” barpo etishning huquqiy asosi yaratildi.

Qabul qilingan qarorlar doirasida 2018-2020 yillarda Orol dengizining suvi qurigan hududlarida 1,2 million gektar maydonda o‘rmon-meliorativ tadbirlari amalga oshirildi. “Yashil qoplamalar” barpo etishda texnika, aviatsiya, kichik aviatsiyadan foydalanilib, innovatsion usullar qo‘llanildi. Ushbu o‘rmon-meliorativ tadbirlari uchun o‘rmon xo‘jaliklari ishchilari va aholi tomonidan 4,3 ming tonna cho‘l o‘simliklari bo‘lgan saksovul, qoraburoq, qandim, cherkez va cho‘l yaylov o‘simliklari urug‘lari jamg‘arildi. Shuningdek, 1000 ta texnika va mexanizm, 6 dona samolyot va 2 dona deltaplan jalb etildi.

2021 yilda ham ushbu hududlarda o‘rmon-meliorativ tadbirlarini davom ettirish, Orol dengizining qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasida 547 ming gektar “yashil qoplamalar” barpo etish rejalashtirilgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, keyingi yil “yashil qoplamalar”ni barpo etish ishlari nafaqat Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Orol dengizining qurigan tubida, balki Orolbo‘yi mintaqasi bo‘lgan Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining cho‘l hududlarida ham amalga oshiriladi.

Agar ushbu ekologik ofatni zudlik bilan oldini olish choralari ko‘rilmasa, natijasi o‘ta salbiy va hisoblab bo‘lmaydigan darajada ekologik, ijtimoiy hamda iqtisodiy zararlarga olib kelish ehtimoli katta.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bugungi kunda Orol dengizining qurishi salbiy oqibatlarini tugatishning ikki yo‘li bor. Jumladan, birinchisi, Orol dengizi o‘rnini suv bilan to‘ldirish. Lekin suv resurslari yetarli bo‘lmaganligi sababli bu tadbirni amalga oshirishning imkoni yo‘q. Ikkinchisi, qurigan dengiz o‘rnida yashil qoplamalar, ya’ni o‘rmonzorlar barpo etishdir. Bu usul olimlar va o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan amalda isbotlangan eng samarali usuldir.

Soha olimlarining ma’lumotlariga ko‘ra, Orolbo‘yi hududlarida barpo etilgan 2 yoshli saksovulzorda shamol ta’sirida qum ko‘chishi 20 foiz, 5 yoshli saksovulzorda 80 foiz, 7 yoshli saksovulzorda esa to‘liq to‘xtatiladi. Natijada Orolbo‘yi mintaqasida iqlim mo‘’tadillashadi, qumlarning havoga ko‘tarilishi to‘xtaydi. Insonlarning yashashi uchun ijtimoiy-iqtisodiy muhit barqarorligi ta’minlanadi.

Qisqa muddatlarda Orol dengizining suvi qurigan tubi va Orolbo‘yi mintaqasini daraxt va butazorlarga aylantirish orqali ekotizim tiklanadi. Shamol ta’sirida zaharli qum, tuz va changning havoga ko‘tarilishi kamaytiriladi, eroziyaning oldi olinib, qum ko‘chishi bosqichma-bosqich to‘xtatiladi. Mintaqada mikroiqlim sharoiti yaratiladi va ekologik holat yaxshilanadi.

Barpo etiladigan “yashil qoplamalar” Orolbo‘yi mintaqasi, aholi yashash hududlari, xalq xo‘jaligi ob’ektlari, qishloq xo‘jaligi ekinlari, bog‘ va tokzorlar hamda cho‘l hududlaridagi saksovulzor va yaylovzorlarga zaharli qum, tuz va chang yog‘ilishidan hamda boshqa tabiatning salbiy ta’sirlaridan himoya qiladi. Mintaqada ekotizim saqlanishi, biologik xilma-xillik ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi va cho‘l yaylovlari mahsuldorligi oshadi.

Qancha ko‘p ko‘chat ekilib, uni ko‘kartirib saqlanishi ta’minlansa, atrof-muhit musaffoligi shuncha oshadi. Daraxtzorlar havo sifatini yaxshilaydi, jazirama payti uni salqin qiladi. Soha mutaxassislarining ta’kidlashicha, 1 gektar yerdagi yaproqli daraxtlar bir yilda 5 tonna karbonat angidrid gazini yutadi, 100 tonnagacha changni tutib qoladi. Shu bois mikroiqlim sharoiti yaxshi bo‘lgan dalalarda o‘simliklar rivojlanadi, hosil elementlarini to‘kilishi kamayib, hosildorlik birmuncha oshadi.

Daraxtzorlarning biologik drenaj sifatidagi xizmati ham beqiyos. Ular ildizlari bilan yerga sizib kirgan suvlarni tutib qoladi va chuqur qatlamlardan nasos singari so‘rib oladi. Shu tariqa zax suvlar ko‘tarilishining, tuproq sho‘rlanishi hamda botqoqlanishning oldi olinadi. Bu bizning sharoitimizda juda muhim.

Shuni alohida aytish kerakki, ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish kabi yumushlar xalqimizning xayrli ishlaridan biri hisoblanadi.

O‘zA muxbiri

Muhayyo TOSHQORAEVA

yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Orol dengizi qurishi salbiy oqibatlarini tugatishning ikki yo‘li bor