O‘rmon xo‘jaligi faoliyatida raqamli texnologiyalar va vositalardan foydalanish BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning “O‘zbekiston tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish” loyihasi tomonidan ilgari surilayotgan muhim yo‘nalishlardan biri.

Global ekologik jamg‘arma (GEF) tomonidan moliyalashtirilayotgan va O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida shu kungacha Kitob, Dehqonobod, Pop tumanlarida bir qancha dala mashg‘ulotlari olib borildi.   

Seminarlarda asosiy e’tibor o‘rmon ekotizimlarini doimiy monitoring va inventarizatsiya qilishning zamonaviy usullarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘rmonlarni tashkil qilish texnologiyalarini takomillashtirish va O‘zbekistonda o‘rmon xo‘jaligining umumiy axborot tizimini rivojlantirishga qaratilgan.  

Sirdaryo davlat o‘rmon xo‘jaligida o‘rmonlar va yaylovlarni inventarizatsiya qilishning zamonaviy usullarini joriy etish va qo‘llash bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.   

Davlat tashkilotlari, FAO va mahalliy o‘rmon xo‘jaligi vakillari ishtirok etgan tadbirda o‘simliklarni tahlil qilish, daraxtlarning taksatsion o‘lchamlari va shox-shabbalari ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tavsiflash, fitosanitariyani baholash va landshaft xaritalarini yaratish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalardan foydalangan holda amaliy tajriba almashildi.   

Mazkur tashabbusning pirovard maqsadi Sirdaryo o‘rmon xo‘jaligiga qarashli barcha o‘rmon ekotizimlarini xatlovdan o‘tkazishning zamonaviy usullarini joriy qilish asosida o‘rmon xo‘jaligining kompleks rejasini ishlab chiqishdan iborat. Bu O‘zbekiston o‘rmonlari va ekotizimlarining barqaror boshqaruvini ta’minlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.   

“O‘zbekiston tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish” loyihasi faoliyati davomida 20 nafar markaziy va 80 nafar mahalliy mutaxassis zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion usullar asosida o‘rmon va yaylov hududlarini inventarizatsiya qilish bo‘yicha tayyorlangan.  

Tajriba va bilimlar 12 million gektar maydonni o‘z ichiga olgan 96 ta o‘rmon xo‘jaligi korxonalarini doimiy monitoring qilishda asos bo‘lib xizmat qiladi.   

– Ushbu texnologiyalardan nafaqat o‘rmon xo‘jaliklari, balki, vazirlik va idoralar tomonidan shahar bog‘lari va xiyobon, shu bilan birga yashil maydonlardagi daraxt va butalarni inventarizatsiya qilishda foydalanish dolzarb ahamiyatga ega, – dedi loyihaning texnik muvofiqlashtiruvchisi Olimjon Qahhorov. – Bu texnologiya ko‘chatlarning turi, yoshi va holati bo‘yicha tasniflangan elektron hisobotni yuritish imkonini beradi.   

Qayd etilishicha, tezkor ma’lumotlar shahar va aholi punktlarida yashil maydonlarni saqlashda o‘z vaqtida javob choralarini ko‘rish va qarorlar qabul qilishga xizmat qiladi.   

B.XUDOYBERDIEV, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rmonlarni muhofaza qilish borasida zamonaviy bilim va ko‘nikmalar muhim ahamiyatga ega