Prezident topshirig‘i amalda

Prezidentimizning 2024 yil 27 iyundagi “Parrandachilik sohasini yanada qo‘llab-quvvatlash, zamonaviy genetik texnologiyalar va kooperatsiya tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi borasida mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda alohida o‘rin tutadigan parrandachilikni rivojlantirish va tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. 

Shunga asosan Toshkent viloyatida bu borada tizimli ishlar qilinmoqda. Tahlillarga ko‘ra, 2024 yil hudud bo‘yicha qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hajmi 44,3 trillion so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati ancha oshgan. Shu davrda parrandalarni ko‘paytirish 105 foizga, tuxum yetishtirish 103,1 foizga yetkazildi. Joriy yilda ham tarmoq xo‘jaliklari mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish choralari ko‘rilgan. 

Xususan, Toshkent viloyatida o‘rdakchilikni Andijon viloyati tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish boshlandi. Bunda dastlabki sa’y-harakatlar tijorat banklari mablag‘lari evaziga Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Bekobod va Piskent tumanlarining jami 21 ta mahallasida 360 ta xonadonlar tomonidan 80 kilometr kollektor-drenaj hamda boshqa melioratsiya ob’ektlari atroflarida “Pekin” zotli o‘rdak boqish yo‘lga qo‘yilmoqda. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bir xonadon egasi tomonidan 100 bosh o‘rdak boqish loyihasini boshlash uchun jami 44,9 million so‘m mablag‘ zarur bo‘ladi. O‘z navbatida o‘rdak tuxumini sotishdan yillik olingan daromad 68 million so‘mni tashkil etadi. Agarda fuqaro ming dona tuxumni inkubator olib, jo‘ja ochirib go‘shtga boqqan taqdirda, go‘shtini sotishdan olingan daromad 50 million so‘mga yetishi mo‘ljallangan. 

Hozir bozorda bir kilogramm o‘rdak go‘shti narxi 50 ming so‘m. Shuni e’tiborga olib, Oqqo‘rg‘on tumani Hamid Olimjon mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan o‘rdakchilik xo‘jaligi hududida amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev, barcha tuman va shaharlar hokimlari, soha mas’ullari qatnashdi. Viloyat hokimi parrandachilikni yanada rivojlantirish, sohani qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish va innovatsion yechimlardan keng foydalanish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. 

Xususan, mahsulotlarni qayta ishlash va bozorga chiqarish mexanizmlarini takomillashtirish muhokama qilindi. Joylarda aholiga tender asosida zovur yoqalarini bo‘lib berish, o‘rdak parvarishlash texnologiya borasidagi ijobiy tajribalar ko‘rsatilib, yerni uzoq muddatga ijaraga berish tartiblari tushuntirildi. 

– Oqqo‘rg‘on tumanida o‘rdakchilik sohasi asosida parhezbop go‘sht yetishtirish rejalashtirilgan, – deydi viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Otabek Tursunov. – Bu sa’y-harakatlar orqali mahalliy bozorni sifatli va arzon parranda go‘shti bilan ta’minlashga erishiladi. Shuningdek, kelgusida o‘rdaklar sonini oshirish va mahsulot ishlab chiqarishni sanoat darajasiga olib chiqish maqsad qilingan. 

Jumladan, Hamid Olimjon MFY hududida joylashgan o‘rdakchilik markazi maydoni 300 metrni tashkil etadi. Hozir bu yerda 15 turdagi jami mingta o‘rdak boqilmoqda. Ularning 25 foizidan tuxum olinadi. Tuman mas’ullari ma’lumotiga ko‘ra, mahalladagi turli ijtimoiy daftarlarda ro‘yxatga olingan fuqarolarga 50 tadan o‘rdak tarqatilib, zarur sharoitlar yaratish orqali bandligi ta’minlanmoqda. 

– Bu yil boshidan beri “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi bo‘yicha samarali ishlar qilinmoqda, – deydi Dilfuza Tohirova. – Hozir kambag‘al oilalar 27 tani tashkil etadi. Ularning bandligini ta’minlash, daromad keltiradigan ishlarga yo‘naltirish chorasini ko‘rilgan. Mahallamizda 10 ta xonadon tanlab olinib, ularga imtiyozli bank krediti asosida jami 213 million so‘mlik daromad keltiruvchi loyihalar paketlari yetkazib berildi. 

A.Musayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘rdakchilik xo‘jaliklari tashkil etilmoqda