O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Kasbga yo‘naltirish tizimi”ni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida brifing bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik-psixologik respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i Hayot Foziljonov o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish bo‘yicha tizimda qilingan ishlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ta’kidlanishicha, Prezidentimizning joriy yil 6 noyabrdagi «O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan kasb-hunarga yo‘naltirish tizimini joriy etish vazifalari belgilandi.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish maqsadida markaz tomonidan “Kasbim – kelajagim” nomli yagona onlayn platforma yaratildi. Bu platforma o‘quvchilarning qobiliyati, qiziqishi va iqtidorini aniqlash, o‘quvchilarni ongli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qiladi.

Platformada testlar rukni mavjud. Bu testlar orqali maktab psixologlarining namunaviy ish rejasida belgilab o‘tilgan va har oyda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan kasbiy metodikalar belgilangan. Mazkur metodikalarni onlayn tarzda o‘tkazish hozirgi kunda dolzarb masala bo‘lib, testlar rukni orqali qo‘llanib kelinmoqda.

Shuningdek, platformada “Kasblar olami” rukni ham mavjud. Ushbu ruknda mamlakatimizdagi barcha kasblar to‘g‘risidagi ma’lumotlar berib boriladi. Bunda har bir o‘quvchi o‘zi qiziqqan kasblar xususida ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Platformadagi “Kasbni egallash” ruknida oliy ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari, texnikumlar va akademik litseylar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi. Platformada muvaffaqiyatga erishgan insonlar rukni ham mavjud bo‘lib, unda muvaffaqiyatga erishgan insonlarning ish tajribalari bilan o‘rtoqlashgan videolar joylangan.

bugungi kunda Markaz tomonidan “Kasb tanlovi” ko‘rsatuvini suratga olish ishlari boshlangan. Mazkur ko‘rsatuvni suratga olish ishlari “Murad Buildings” MCHJ bilan hamkorlikda olib borildi. Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz va hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida Xunarmandlar uyushmasi bilan hamkorlikda kulolchilik, kashtachilik kabi kasb sirlari bilan yoshlarni tanishtirish maqsadida ko‘rsatuvlar tayyorlash bo‘yicha shartnomalar imzolangan.

Markaz tomonidan “Kasblar oyligi” festivalini o‘tkazish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan barcha umumta’lim maktablarida bu boradagi tadbirlar faol o‘tkazib kelinmoqda.

Gulnoza BOBOEVA, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha yagona onlayn platforma yaratildi