O‘quvchilarga qo‘shimcha xorijiy til va kasb-hunar o‘rgatilmoqda
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi 27-umumta’lim maktabida o‘quvchilarni qo‘shimcha xorijiy til va kasb-hunarga o‘rgatishga e’tibor bilan yondashilmoqda.
Ushbu maqsadda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan maktabda yangi qurilgan qo‘shimcha bino foydalanishga topshirildi.
Mazkur binoda tikuvchilik, duradgorlik, IT sohasi hamda xorijiy tillar to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, zamonaviy jihozlangan kutubxona va mutolaa xonalari yoshlar ixtiyorida.
[gallery-20927]
Tuman hokimi Murodbek Davlatov mashg‘ulotlar jarayoni bilan tanishib, kelgusida malakali kadrlarni shakllantirish maqsadida tikuvchilik fabrikalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA