Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti tomonidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti hamda Jahon banki bilan hamkorlikda O‘zbekistonning O‘quvchilarni xalqaro baholash dasturi PISA-2022 tadqiqotlarida ishtirokiga oid natijalarni e’lon qilishga doir tadbir tashkil etildi.

Konferensiyada Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Hilola Umarova yangilanayotgan O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar jadal olib borilayotganini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, 2030 yilgacha xalqaro baholash dasturlarida uzluksiz ishtirok etish, dunyoning ilg‘or mamlakatlari qatoriga erishish maqsadlari belgilab berildi. 

Tizimda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi, Jahon banki, Ta’lim sohasidagi tadqiqotlar bo‘yicha Avstraliya kengashi, Ta’lim test xizmati (AQSH), Boston kollejidagi TIMSS va PIRLS xalqaro tadqiqot markazi (AQSH), Vestat (AQSH), ERTIAY interneyshnl, Kanada statistika markazi, KAPSTAN Xalqaro lingvistik sifatni ta’minlash markazi (Belgiya), Rossiya Ta’limni rivojlantirish strategiyasi instituti va boshqa nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. 

Mamlakatning mazkur tadqiqotlarda ishtirok etishi Jahon bankining “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasi doirasida moliyaviy va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlangan. 

O‘zbekistonda PISA-2022 tadqiqotini o‘tkazish bo‘yicha hukumat nomidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan 2018 yil 11-dekabrda shartnoma imzolangan bo‘lib, qariyb 5 yillik olib borilgan mehnatlar, chora-tadbirlar va tadqiqotlardan so‘ng, 2023 yil 5 dekabr kuni dunyo miqyosida mazkur tadqiqotning natijalari e’lon qilindi. 

O‘zbekiston PISA xalqaro tadqiqotida ilk marta ishtirok etdi. PISA-2022 dasturi 2000 yilda boshlanganidan buyon o‘tkazilgan xalqaro baholashning sakkizinchi bosqichi bo‘lib, unda 81 mamlakat ishtirok etdi. Ushbu ishtirokchilarning barchasi, shu jumladan, O‘zbekiston ham PISA-2022 loyihasi davrida COVID-19 pandemiyasi tufayli ko‘p qiyinchiliklarga duch keldi. 

Mustaqil hayot sari ildamlayotgan 15 yoshli o‘smirlarning savodxonligi, kreativ va mantiqiy fikrlash qobiliyati, maktabda olgan bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olishi, bir so‘z bilan aytganda mustaqil hayotga tayyorgarligini o‘lchash vositasi sifatida PISA xalqaro baholash dasturi dunyoda yetakchi o‘rinlarni egallaydi.

O‘tgan davr mobaynida Xalqaro tadqiqot dasturlari haqida pedagoglarning salohiyatini rivojlantirish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalari, fanlar bo‘yicha savodxonligi, mantiqiy va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida 348 ta tayanch maktablar, 14 ta hududga mas’ul koordinatorlar belgilangan. 

Pedagoglarni uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun 260 nafar milliy va 1 750 nafar hududiy trenerlar tayyorlangan. Shuningdek, o‘qish, matematik, tabiiy-ilmiy savodxonlik va kreativ fikrlash yo‘nalishlari bo‘yicha 35 nomdagi o‘quv-uslubiy hamda 250 nomdagi videomateriallar ishlab chiqilgan. 

PISA tadqiqotida mamlakatning barcha hududlaridan tasodifiy ravishda tanlab olingan 202 ta ta’lim muassasalari – umumta’lim maktablari, akademik litsey, kasb-hunar maktablaridagi 7 ming 363 nafar 15 yoshli o‘quvchilarning ishtiroki ta’minlandi. 

O‘zbekiston tomonidan belgilangan PISA uchun mas’ul jamoa tomonidan tadqiqot materiallari o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillariga tarjima qilinib, Belgiyadagi yirik xalqaro KAPSTAN lingvistika markazi tomonidan xalqaro verifikatsiyadan o‘tkazilgan. 

Avstraliya ta’lim tadqiqotlari tashkilotidan Ursula Shvantner xonim mas’ul maslahatchi sifatida jalb etildi. AQSH, Avstriya, Germaniya, Italiya, Gretsiya, Serbiya, Tayland davlatlarida, shuningdek onlayn shaklda tashkil etilgan 27 ta xalqaro seminar va treninglarda 30 nafar mutaxassislarning malakasi oshirildi. 

Maktab koordinatorlari, 54 nafar Milliy sifat nazoratchilari, 60 nafar test administratorlari, 60 nafar baholovchilar tayyorlandi. 

Shu bilan birga, O‘zbekistonning PISA tadqiqotida birinchi marta ishtirok etayotganligi inobatga olingangan holda 2022 yil 11-12 aprel kunlari tadqiqotning ramziy ochilishiga oid “Ta’limdagi xalqaro tadqiqotlarning Yangi O‘zbekiston taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro anjuman o‘tkazildi. 

[gallery-14912]

Aytish kerakki, xalqaro tadqiqotlar har 3-5 yillik davriylikda dunyo mamlakatlarida bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladi. 2019 yil noyabr oyida Inson kapitali indeksini aniqlashga doir tadqiqot, 2021 yilda Ta’limdagi uzilishlarni baholashga oid REDS hamda PIRLS tadqiqotlari, 2022 yilda PISA, 2023 yilda esa TIMSS tadqiqoti tashkil etildi. Bu izlanishlarda o‘quvchilarning matematik, tabiiy-ilmiy va o‘qish savodxonligi, kreativ fikrlash ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha test topshiriqlari, shuningdek, ta’lim olishga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi. Tadqiqot natijalarining ishonchliligi ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi. Shundan kelib chiqib, jarayonlar Vestat, Ta’limdagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi tashkilotlarining vakillari tomonidan kuzatib borildi. 

Uzoq muddatli sa’y-harakatlar natijasida O‘zbekistonning ta’limga oid natijalari tarixda ilk marotaba xalqaro solishtirma tadqiqotlarning hisobotlarida namoyon bo‘ldi. REDS va “Ta’limdagi yo‘qotishlarni baholash” tadqiqotlari muayyan vaqt davomidagi uzilishlarning ta’lim tizimiga ta’sirini tahlil qilish imkonini bergan bo‘lsa, PIRLS xalqaro tadqiqotining natijalari boshlang‘ich ta’limning o‘ziga xos jihatlari haqida chaqiriqlarni keltirib chiqardi. 

Natijalarga nazar soladigan bo‘lsak, O‘zbekiston, Jahon bankining Inson kapitali indeksida 0.62 indeks ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu esa, keyinchalik davriy ravishda inson kapitali rivojlanishidagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, xalqaro solishtirma tahlillar qilish imkonini beradi. 

– Jahon banki O‘zbekistondagi ta’lim sohasidagi islohotlarini qo‘llab-quvvatlashdan mamnun, – dedi Jahon bankining Markaziy Osiyodagi Inson taraqqiyoti dasturi rahbari Tazin Fasih xonim. – Bank ko‘magida mamlakat so‘nggi yillarda birinchi marta xalqaro baholash tadqiqotida qatnashib kelmoqda. Bank maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi vazirligi bilan doimiy hamkorlikka sodiq qoladi. Biz bu borada hamkorlikni davom ettirishga tayyormiz. Ushbu baholashlar bizga ta’lim siyosati samaradorligini baholash hamda o‘quv jarayonlari va o‘quvchilarning yutuqlarini yaxshilashga oid ongli qarorlar qabul qilish imkonini beradi.

Ushbu tadbirlar O‘zbekistonda ta’limdagi islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatning xabardorligini oshirish va mamlakatning dunyo miqyosda nufuzini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. 

Mazkur tadqiqotda O‘zbekistonga oid ma’lumotlarni chuqurroq tahlil qilish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining vakili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotida 5 oy davomida treningda qatnashib, Milliy hisobotni yozishda ishtirok etdi. 

Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti o‘rtasida erishilgan kelishuv hujjati esa mazkur nufuzli dasturning 2025 yildagi tadqiqotida ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi. 

– Bu tadqiqotlar haqida shuni aytish kerkki, O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi islohotlar kelgusida yanada izchillik bilan davom ettirilishi dolzarbdir, – dedi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining bosh siyosiy tahlilchisi Tyu Xalgrin. 

Mazkur konferensiyada e’lon qilingan O‘zbekistonning ilk ishtirokida o‘tkazilgan PISA-2022 natijalari ta’lim siyosatiga oid qimmatli ma’lumotlarni taqdim etishi bilan muhimdir. 

Ushbu xalqaro nufuzli tadqiqot berayotgan bir qator o‘rganish natijalari, jumladan, o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha yutuqlari, ularning hayotdan qoniqishi, kelajakdan umidlari, gender tenglik, maktab muhiti, COVID-19 pandemiyasi davridagi ta’lim, ta’limga investitsiya qilingan resurslar va ularning ta’lim yutuqlariga ta’siri kabi ma’lumotlar tizimni isloh qilish uchun tuzilayotgan rejalarning samaradorligini ta’minlaydi. 

Nazokat Usmonova, Davron Ernazarov (suratlar), O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro PISA-2022 tadqiqoti natijalari e’lon qilindi