FOTOREPORTAJ
Respublikamizning barcha hududlarda bo‘lgani kabi bugun Andijonda ham Prezident maktabiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda.
Imtihonlarning ikkinchi bosqichi test shaklida, matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta, ingliz tili fanidan grammatika va matn bilan ishlash bo‘yicha ham 40 ta topshiriqdan iborat.
Bu yil Prezident maktabiga kirish uchun imtihonlarga Andijon viloyatidan birinchi bosqichda 6844 o‘quvchi qatnashgan bo‘lsa, ularning 480 nafari 2-bosqichda bilimini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ldi.
[gallery-18464]
Test topshiruvchi o‘quvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA