O‘quvchi sumkasidan pirotexnika vositasi topildi
Surxondaryo viloyati IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi va uning quyi tizimdagi shaxsiy tarkibi joylarda “Xavfsiz hudud” profilaktik tadbirlarini o‘tkazmoqda.
Ana shunday tadbirlardan birida Angor tumani IIB jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlari tumandagi kasb-hunar maktabi o‘quvchisining o‘quv sumkasini ko‘zdan kechirdi. Buni qarangki, 2005 yil tug‘ilgan, voyaga yetmagan F.Tning o‘quv sumkasida 20 blok 10 ming 800 dona “Britanik” nomli pirotexnika vositasi borligi aniqlandi.
Viloyat IIB axborot xizmatidan olingan ma’lumotga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rildi.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA muxbiri