Xabaringiz bor, “Yoshlar oromgohi”da tashkilotlar rahbarlarining yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun uch kunlik seminar tashkil etilgan.

Ushbu tadbir, eng avvalo, 2024 yil davomida yoshlar siyosatiga doir amalga oshirishi lozim bo‘lgan 8 yo‘nalishda ishlab chiqilgan dasturlarni muhokama qilishga qaratilgan.

Yoshlar bilan ishlash, ularning kasb-mahoratini oshirish, istiqbolli yosh kadrlarni tayyorlash, yoshlarning ma’naviyatini yuksaltirish, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, yosh xodimlarning g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mas’ul rahbarga biriktirilgan “og‘ir” toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini muvofiqlashtirish kabi muhim vazifalar o‘rganildi.

Seminarning birinchi kunida “tashkilotlarda volantyorlik faoliyatini rivojlantirish”, “boshqaruv omillari: tashkilotda xodimlar boshqaruvining ichki va tashqi omillari”, “xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli tashkil etish hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi loyiha va tadbirlarni amalga oshirish” mavzularida taqdimotlar qilindi.

Shuningdek, yoshlar liderlariga “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, toifalar bilan ishlash, muammolarni tizimli o‘rganish va biriktirish mexanizmlari ko‘rib chiqildi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/FBDLw-iRnT8?si=kQC-avLnv3EOIcnI" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

O‘quv seminar davom etmoqda.

Behruz Xudoyberdiyev,

Asliddin Alijonov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘quv seminarining birinchi kuni: nimalar muhokama qilindi? (+video)