Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi yosh avlodga yangi talablar qo‘ymoqda. Bu – informatikadan tortib to moliyaviy savodxonlikkacha bo‘lgan ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi.
Shu maqsadda mamlakatimizda 1- sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.
Ushbu fanlarning joriy qilinishi yosh avlodda hozirgi zamon talabiga mos ko‘nikmalarni erta egallash, kelgusida ushbu fanlarga oid kasb egalari bo‘lishida ko‘mak beradi.
Ma’lumot uchun: bu yil maktab darsliklariga byudjetdan 920 milliard so‘m ajratildi. Boshlang‘ich sinflar uchun to‘liq yangi darsliklar ishlab chiqildi.
Yana bir muhim jihat – tasdiqlangan o‘quv dasturlariga qo‘shimcha yangi fanlarni kiritish taqiqlanadi. Ya’ni, endilikda barcha yangi takliflar mavjud fanlarga integratsiya qilinib, tayyorlanadi.
Shuningdek, barcha fanlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, vatanparvarlik g‘oyalari targ‘ib qilinishi shart. Bu esa yetuk avlodni shakllantirishda alohida ahamiyatga ega.
O‘zA