Oqsoqollar saylovi – muhim jarayon
Jizzaxda “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar Oliy Majlis Senati Kengashining tadbirlar rejasiga binoan Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi respublika komissiyasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda viloyat komissiyasi a’zolari, shahar, tuman komissiyasi raislari, xalq deputatlari shahar, tuman Kengashi kotibiyati mudirlari hamda shahar, tuman mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshliqlari, mutasaaddi tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Fuqarolar yig‘inlari raislarining vakolat muddati 2022 yilning may oyida tugashi munosabati bilan fuqarolar yig‘inlarida mahalla raislari (oqsoqollari) saylovi o‘tkaziladi. Tadbirda ishtirokchilarga “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni hamda “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) saylovining tashkiliy-huquqiy asoslari” mavzusida batafsil ma’lumotlar, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, saylov qonunchiligiga oid nashr etilgan va elektron shakldagi qo‘llanmalar ham tarqatildi. Saylovni o‘tkazish bilan bog‘liq savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.
[gallery-6621]
A.Qayumov,
J.Yorbekov (surat), O‘zA