O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 21-noyabr kuni Oqsaroyda Shveysariya Konfederatsiyasi Prezidenti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) amaldagi raisi Dide Burkxalter bilan uchrashdi. 

Davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni yurtimizga tashrifi bilan qutlar ekan, O‘zbekiston Shveysariyaga ishonchli hamkor, jahon siyosatida muhim o‘rin tutuvchi, umume’tirof etilgan xalqaro iqtisodiy va moliyaviy markaz sifatida qarashini ta’kidladi. 

Muloqot chog‘ida O‘zbekiston – Shveysariya munosabatlarining muhim masalalari, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 

Mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlik bo‘yicha katta tajriba to‘plangani, mustahkam shartnomaviy-huquqiy asos yaratilgani ta’kidlandi. 

O‘zbekistonda Shveysariya kapitali ishtirokida 77 korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 22 tasi to‘liq ushbu mamlakat sarmoyasi hisobiga tashkil etilgan. Joriy yilda ham savdo sohasida ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. 

Shu bilan birga, har ikkala mamlakatning mavjud salohiyati o‘zaro manfaatli bo‘lgan barcha sohalarda hamkorlikni izchil kengaytirish imkonini berishi qayd etildi. 

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi siyosatga oid ko‘plab masalalar bo‘yicha mamlakatlarimizning pozitsiyasi yaqin yoki o‘xshash ekani BMT, YeXHT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik uchun qulay sharoit yaratmoqda. 

O‘zbekiston Shveysariyaning 2014-yilda YeXHTga raisligini qo‘llab-quvvatlagan edi. Prezident Dide Burkxalter YeXHTga raislikning dastlabki yakunlari bo‘yicha o‘z fikrini bayon qildi.

Uchrashuvda dolzarb xalqaro masalalar ham muhokama qilindi. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oqsaroyda uchrashuv