Prezident Islom Karimov 27-yanvar kuni Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Pamela Spratlendan ishonch yorlig‘ini qabul qilib oldi.

Suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada mustahkamlash istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi. 

Davlatimiz rahbari elchini ushbu vazifaga tayinlangani bilan tabriklab, uning mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Elchi AQSh va O‘zbekiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini yuksak baholadi. 

Uchrashuvda ta’kidlanganidek, o‘zaro manfaatli va samarali munosabatlarni kengaytirish, jumladan, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, tovar ayirboshlash hajmini oshirish uchun mavjud salohiyatni to‘la ishga solish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etishga tomonlar alohida ahamiyat beradi. 

Toshkent shahrida 2014-yil oxirida ikki mamlakat tashqi siyosat mahkamalari o‘rtasidagi maslahatlashuvlar, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi vakillari hamda mamlakatimiz ishbilarmonlari ishtirokida o‘tgan biznes-forumda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarga oid masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oqsaroyda qabul