Oqoltinda 47 ta oila yarashtirildi
Majburiy ijro byurosi Oqoltin tuman bo‘limining targ‘ibotlari natijasida tumandagi 47 tadan ortiq oila yarashtirildi.
Shuningdek, shu kungacha 780 million 625 ming so‘m aliment pullari “Aloqa” banki tomonidan aliment oluvchilarning plastik kartalariga o‘tkazib berilgan.
Hozirda byuro ishsiz aliment to‘lovchilarning bandligini ta’minlash maqsadida tuman bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda mehnat yarmarkalari tashkil qilib kelyapti.
Yarmarkalarda ishsiz yurgan aliment to‘lovchilarning 27 nafari doimiy, hamda 8 nafari mavsumiy ishlarga joylashtirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning boshidan bugungacha aliment bilan bog‘liq 98 ta ijro hujjati tegishli hujjatlarga asosan tamomlangan.
M.Karimova, O‘zA