O‘qituvchilik - cheksiz fidoyilik talab qiladi… (+video)
“Kelajak bunyodkorlari“ loyihasining navbatdagi qahramoni, “Yil o‘qituvchisi“ tanlovi g‘oliblaridan biri — Dilfuza Eshmurodova.
O‘qituvchilik — shunchaki kasb emas, balki yuksak fidoyilik, cheksiz sabr va ulkan mas’uliyat talab etadigan sharafli vazifadir.
O‘qituvchi nafaqat dars soatlarida, balki darsdan tashqari paytlarda ham o‘quvchilarning daftarlarini tekshirish, darsga tayyorgarlik ko‘rish va ularning muammolarini tinglashga o‘z shaxsiy vaqtini bag‘ishlaydi.
Har bir bolaning xarakteri, o‘zlashtirish darajasi va dunyoqarashi turlicha. Ularning bariga birdek yondashish va to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish uchun tog‘dek sabr kerak bo‘ladi.
O‘qituvchilar hech bir mubolag‘asiz kelajak bunyodkorlaridir. Bugun ular berayotgan bilim va tarbiya ertaga mamlakatning rivojini, jamiyatning ma’naviy qiyofasini belgilab beradi. Shu boisdan ham bu kasb egalarining mehnati har qanday tahsin va e’tirofga loyiq.
Muhayyo Turdaliyeva, Nishonboy Abduvoitov, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA