Bu haqda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida ko‘zda tutilgan.

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamentlari” hamkorligida mazkur loyihaga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Loyiha mamlakatimizda keyingi besh yillikda amalga oshiriladigan islohotlarning zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslarini yaratib berishga qaratilgan. Unda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqi va saylovoldi dasturida ilgari surilgan tashabbuslar aks ettirilgan.

Loyiha muhokamasi davomida kelgusi besh yillikka mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi yetti yo‘nalishdan iborat bo‘lishi qayd etildi.

Jumladan, erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etishga qaratiladi hamda kelgusida davlat funksiyalarining katta qismi markazdan hududlarga o‘tkaziladi. Markaziy idoralar transformatsiya qilinib, ixcham va samarali boshqaruv tizimi yaratiladi, bir xil yo‘nalishdagi vazifalarni amalga oshirayotgan idoralar optimallashtiriladi.

Adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlash, inson qadr-qimmatini ta’minlash vazifalari qamrab olinadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, 2030 yilga borib, jon boshiga hisoblaganda aholi daromadlari o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoriga chiqish maqsad qilinyapti.

Sifatli ta’lim-tarbiya masalasi doimiy e’tibor markazida bo‘ladi. O‘qituvchilarning oylik maoshini izchil oshirib borilib, 2025 yilga qadar 1 ming dollar miqdoriga yetkazish ko‘zda tutilgan. Yangi maktablar qurish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sohaning barcha bosqichlari o‘rtasida uzviylikni ta’minlashga qaratilgan Milliy ta’lim dasturi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, fuqarolar salomatligini saqlash uchun barcha sharoit yaratiladi. Kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshi ham 1 ming dollar ekvivalentiga yetkazish rejalashtirilyapti.

Keyingi yo‘nalishni asosan ma’naviy va ma’rifiy sohalarni rivojlantirish tashkil etadi. Shu maqsadda “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va sa’atni yuksaltirish, yoshlarni sog‘lom e’tiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va o‘zaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.

Global muammolarning milliy va mintaqaviy darajadagi yechimlarini topish, bu boradagi barcha sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtirish zarurligi ta’kidlandi. Mamlakatimizdagi tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi vazifalar o‘z ifodasini topgan. Qurolli Kuchlarimizning qudrati yanada oshirilishi, harbiylarning jangovar shayligi, jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi kuchaytiriladi.

Mazkur muhim konseptual hujjatda islohotlarimizning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezonga aylanadi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilarning oylik maoshi 2025 yilga qadar 1 ming AQSH dollariga oshiriladi