FOTOREPORTAJ
Nukus shahridagi Pedagogik mahorat markazida joriy yilda vazir jamg‘armasi hisobidan har oylik ustama olish istagidagi o‘qituvchilar uchun 1-bosqich (test) sinov jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan jami 366 pedagog ishtirok etdi.
Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi “Xalq ta’limi vaziri jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida faoliyat yuritayotgan hamda o‘quvchilari yuqori natijalarga erishgan tajribali pedagoglarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, o‘z ustida muntazam ishlaydigan, o‘zining o‘qitish uslubiga va xalq orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.
Test sinovlari “test.uzedu.uz” platformasi orqali real vaqt rejimida onlayn o‘tkazildi. Bunda nomzodlarning o‘zi dars beradigan umumta’lim fani bo‘yicha bilim darajasi baholandi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA