Xalq ta’limi vazirligining Amerika Qo‘shma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan “O‘zbekiston Barkamollik uchun Ta’lim dasturi” loyihasi doirasida Kembrij nashriyoti tomonidan ishlab chiqilgan 1-11 sinflar uchun ingliz tili hamda 5-11 sinflar uchun informatika va axborot texnologiyalari fan darsliklari mamlakatimizga keltirildi.

 Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy tadqiqot instituti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu darsliklar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. Endilikda 6,5 milliondan ortiq o‘quvchi yuqori sifatli darsliklardan, o‘n minglab o‘qituvchilar esa yuqori sifatli qo‘llanmalardan foydalanish imkoniyatiga ega. Xo‘sh, xorijdan keltirilgan darsliklardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha o‘qituvchilar yetarli malakaga egami? 

 Bu masalada A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti AQSHning Research Triangle Institute (RTI International) xalqaro tadqiqot instituti bilan hamkorlikda malaka oshirish kurslarini tashkil etishni rejalashtirgan. 

Institut rahbariyati aynan shu masala yuzasidan xalqaro hamkori-RTI International tashkiloti rahbari Jeri Burkholder va uning o‘rinbosari Sonia Arias bilan uchrashib, malaka oshirish jarayonini samarali tashkil etish va unda duch kelish mumkin bo‘lgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan fikr almashdi.  Yuqorida ko‘zda tutilayotgan malaka oshirish kurslari o‘qituvchilarga yangi qo‘llanmalar (o‘qituvchi kitobi, o‘quvchi kitobi mashq kitobi) dan qanday foydalanish va o‘quvchi standartlariga asoslangan ta’lim asosida dars berish uslublarini o‘rgatadi.  

Uchrashuv yakunida, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab, maktablarda qo‘llanilishi kutilayotgan yangi darsliklar bo‘yicha malaka oshirish kurslariga tizimdagi barcha ingliz tili, informatika va axborot texnologiyalari fanlari o‘qituvchilarini jalb etish belgilandi. Tizimdagi islohotlar davom etmoqda.  

B. Meliqulova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchilar Kembrijdan keltirilgan darsliklar asosida malaka oshiradi