Toshkent shahar hokimligi tomonidan 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan poytaxtimizdagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan ustoz va murabbiylar uchun bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Faxriy o‘qituvchilar, ta’lim yetakchilari, tizimda tashabbuskor va fidokorona mehnat qilayotgan 250 nafar ilg‘or o‘qituvchi va murabbiylar ishtirok etgan tadbirda fidoyi, mehnatkash ustozlar Yangi O‘zbekiston yoshlariga nafaqat bilim berishi, balki ular qalbida eng go‘zal insoniy fazilatlarni, mehr-oqibat, insoniylikni singdirishi e’tirof etildi.

Ustozlar ma’naviyat osmonida musaffo ziyo taratib turgan yo‘lchi yulduzdirlar. Ular tufayli ma’naviyat yuksaladi.
Tadbir so‘ngida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan sohada uzoq yillardan buyon xizmat qilayotgan ustozlar taqdirlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA