Belgilangan tartibga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirishi yoki qayta tiklashida ta’lim yo‘nalishlarining (mutaxassisliklarining) nomlanishi bir xil bo‘lganda bunday ta’lim yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) mos deb hisoblanadi.

Davlat oliy ta’lim muassasalarida o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi. Oliy ta’limning turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.   

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning ta’kidlashicha, o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5 avgustga qadar qabul qilinadi va imtihonlar 5 avgustdan boshlab 30 avgustgacha bo‘lgan muddat oralig‘ida o‘tkaziladi. Shuningdek, O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun ushbu platforma orqali ro‘yxatdan o‘tib, imtihon topshiradi.   

O‘tish ballini to‘plolmaganlar “super-kontrakt” bilan qabul qilinishi mumkin. Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar “perevod”chilar uchun amal qilmaydi.   

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq noqonuniy holatlarning oldini olish maqsadida testlar yakuniga yetgach, hujjatlar qayta tekshiriladi. Agarda ushbu jarayonda soxta hujjatlar aniqlangan va oliy ta’lim muassasasida qarzdorliklar mavjud bo‘lsa, talaba o‘tish balidan yuqori ball to‘plagan taqdirda ham unga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.   

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, talabalar safidan chetlashtirilgan fuqarolar o‘qishini boshqa oliy ta’lim muassasasiga mos (turdosh) ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi)ga ko‘chirib tiklash to‘g‘risida ariza berish huquqiga ega. Bunda arizaga o‘qishni ko‘chirish tartibidagi hujjatlar taqdim etiladi. Barcha o‘quv shakllari bo‘yicha talabalar safiga qayta tiklash to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.   

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar 5 avgustga qadar qabul qilinadi