bugungi kunda abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshirilmoqda.

Yana bir qulaylik mavjudki, oliy o‘quv yurtiga kirish uchun hujjat topshirish joylardagi Davlat xizmatlari markazlarining o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklarida ham amalga oshirilmoqda. Jumladan, Navoiy viloyatining olis cho‘l hududlari Uchquduq va Konimex tumanlarida abituriyentlar markazlarga kelib o‘qishga onlayn tarzda hujjat topshirmoqda.

– Konimex tumanining “Birlik” mahallasida istiqomat qilamiz, – deydi Gavhar Turdimuratova. – Umumta’lim maktabini ham, kollejni ham qozoq tilida tahsil olib tamomladim. Bu yil adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida yaratilgan qulayliklardan foydalangan holda Qoraqalpoq davlat universitetiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirdim. O‘qishga hujjat topshirish tumanning o‘zida hal bo‘ldi. Fuqarolik pasporti, kasb-hunar ta’limi muassasasini tamomlaganligi haqidagi diplom, imtiyoz huquqini tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini bazaga kiritdik, xolos. 
Xatirchi tumanida yashovchi Bektosh Safarov ayni paytda ish yuzasidan Uchquduq tumanida bo‘lib turibdi. Shu bois bu yil u tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markaziga borib hujjatlarini rasmiylashtirdi. 

– Joriy yilda omadim chopar, – deydi B.Safarov. – O‘tgan yili Xatirchi tumanidagi DXMdan Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjat topshirgan edim. Bu yil ham o‘z bilimimni sinab ko‘rmoqchiman. O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchagidan xodimlar ko‘magida bor yo‘g‘i 10 daqiqa ichida hujjatlarimni topshirdim. Eng asosiysi, Xatirchi tumanida yashasamda, Uchquduq tumanidan turib  onlayn hujjat topshirdim. Eksterritorial xizmat ko‘rsatish ham a’lo darajada. 

Chindan ham bugun har bir yosh qalbida mamlakat hayotidagi o‘zgarishlar ertangi kun umidini beradi. Hayotdagi bunday real voqelik tufayli odamlar dunyoqarashi o‘sayotgani, barcha qulayliklar inson uchun ekanligi kundan-kunga ayon bo‘lmoqda.

A.Bo‘riyev, 
O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qishga kirish uchun hujjat topshirish osonlashdi