Yangiyer shahrida “Oqila ayollar” harakati a’zolari 2025 yilning o‘tgan olti oyi davomida 67 ta notinch oilani aniqladi va ulardan 59 tasini yarashtirishga erishdi. Shuningdek, 130 nafar ishsiz xotin-qizdan 85 nafari ish bilan ta’minlandi, 45 nafari esa kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi.

Harakat tashabbusi bilan oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, yoshlar orasida ma’naviy-axloqiy tarbiyani kuchaytirishga qaratilgan 100 ga yaqin tadbirlar tashkil etildi. Ularda 3 mingdan ziyod xotin-qizlar ishtirok etdi.

Jumladan, oilalarda totuvlikni ta’minlashga qaratilgan 12 ta, xotin-qizlarni bandlikka jalb etish bo‘yicha  17 ta, ajrim yoqasida turgan oilalar bilan ishlash bo‘yicha 29 ta, oila va ma’naviyat masalalariga bag‘ishlangan  9 ta, kitobxonlik va tarbiyaviy salohiyatni oshirishga qaratilgan 18 ta, yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar 23 ta, qonunchilik hujjatlarini tushuntirish bo‘yicha esa 5 ta tadbir o‘tkazildi.

Hozirgi kunda Yangiyerdagi 12 ta mahalla va qator tashkilotlarda 215 nafardan ziyod ayol “Oqila ayollar” harakati tarkibida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 185 nafari mahallalarda, 30 nafari esa shahar miqyosida ish olib bormoqda.

– “Oqila ayollar” harakati a’zolari nafaqat mahallalarda, balki jamoatchilik hayotining barcha sohalarida o‘z so‘zi va ta’siriga ega. Ular oilaviy totuvlikni mustahkamlash, yoshlarni ma’naviy tarbiyalash, xotin-qizlarning bandligini ta’minlashda katta kuch bo‘lib xizmat qilmoqda, – deydi Yangiyer shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Barno Beknazarova. – Biz bu faol ayollar tajribasini keng ommalashtirish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Yangiyer shahar “Oqila ayollar” harakati ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish, oilaviy hamjihatlikni mustahkamlash va ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish borasida muhim qadamlarni tashlamoqda. Bu esa albatta o‘z samarasini bermoqda.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Oqila ayollar” 6 oyda yuzlab oilalarga ko‘mak berdi