Oqdaryodan Qoramoygaça
Islohotlar ahamiyatsiz bölmaydi. Masalan, Özbekistonda iqtisodiy islohotlar yalpi içki mahsulot hajmining ösişi, tovar aylanmasidagi rekord natijalar, yangi qurilgan korxonalarda yaqqol körinadi. Xuddi şu kabi xalq diplomatiyasi borasidagi islohotlar ham undan kam bölmagan miqyosdagi ijobiy özgarişlarga olib keldi. Bölmasa, Samarqandning Oqdaryo tumani qayoqda-yu, Xitoyning Qoramoy şahri qayerda edi. Bugun ular birodarlaşgani tufayli bordi-keldi yölga qöyildi. Dastlab maʼmuriy amaldorlar, keyin tadbirkorlar, navbatda ijtimoiy soha, sanʼat, madaniyat, OAV xodimlari turibdi.

Qoramoyda «Neft şahri – uçraşuvlar, sayohat va döstlik maskani» şiori ostida II Xalqaro anjuman bölib ötdi. Uning işida Samarqand viloyatining Oqdaryo tumani hokimi örinbosari Elbek Jonibekov boşçiligidagi delegatsiya ham iştirok etdi.

– Biz barçamiz yagona taqdirli insonlarmiz. Şunday ekan, döstlikni asraş, uni kelgusi avlodlarga yetkazişga har birimiz masʼulmiz, – dedi Xitoy kompartiyasi Qoramoy şahar qömitasi kotibining örinbosari Van Bin. – Şu maʼnoda aytsak, biz özbekistonlik döstlarimiz, birodarlaşgan Oqdaryo ahli bilan raqib emas, hamkormiz. Yutuq va kuçimizni birlaştirsak, ulkan natijalarga erişişimiz şubhasiz.

Anjumanda sözga çiqqanlar orasida Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari jurnalistlari ham bor edi, birodarlaşuv iqtisodiy imkoniyatlar yaratiş bilan birga xalqlar döstligini mustahkamlaşga xizmat qilişini alohida taʼkidladilar.

– Oqdaryo tumani ilgari faqat agrar sohaga ixtisoslaşgan edi, – deydi tuman hokimining örinbosari Elbek Jonibekov. — Hozirga kelib u sanoatlaşgan, ilm-maʼrifat markazlaridan biriga aylangan tuman bölib qoldi. Qoramoy şahridagi uçraşuvlar çoğida hamkorlikda yangi işlab çiqariş korxonalari bunyod etişga kelişib oldik. Ayniqsa, neft va gaz sanoati yönalişida yangi iş örni va qöşimça qiymat yaratadigan xom-aşyo va qayta işlaş tizimini barpo etiş yuzasidan bayonnomalar tuzyapmiz.

Oqdaryo delegatsiyasi Qora moy toği, Pekin neft universitetining Qoramoy kampusi va şaharning madaniy-maʼrifiy manzillari bilan tanişdilar.

Özbekistonning Oqdaryo tumani va Xitoyning Qoramoy şaharlari birodarlaşuvi Prezidentning siyosiy irodasi tufayli olib borilayotgan mamlakat oçiqlik siyosatining yana bir yorqin natijasidir.
Muhammadjon Obidov, ÖzA
Xitoy, Qoramoy şahri.