O‘z so‘zi, ovoziga ega ustoz yozuvchi Orziqul Ergashning “Oqar daryo” nomli  kitobi nashrdan chiqdi.

Kitobdan taniqli adibning “Shohsanam” romani, “Yulduzsiz osmon”, “Dunyoning bir chekkasi”, “Dala o‘rtasidagi daraxt” kabi qissalari va o‘nlab hikoyalari o‘rin olgan.

“Oqar daryo”ni Orziqul Ergashning yarim asrlik ijodidan tanlab olingan guldasta, deyin mumkin. 

Adibning “Shohsanam”i o‘quvchilar hukmiga havola qilingani va shov-shuv bo‘lgani qachonlar edi. Oradan qancha suvlar oqib o‘tdi. Ammo, asardagi qahramonlar, ularning his-tuyg‘ulari hamon qalblarda aks-sado berib turadi. Adib ushbu romanda sevgining ilohiy tuyg‘u ekanini inkor etmagan holda uning faqat ilohiyotga mansub mavhum sezim emas, balki oddiy bandalarga ham nasib etishi mumkin va kerak bo‘lgan bashariy tuyg‘u ham ekanini samimiy tasvirlaydi.

Kitobga so‘zboshi yozgan adabiyotshunos Qozoqboy Yo‘ldosh shunday yozadi:” Sh.Xolmirzayev ijodida Boysun, N.Eshonqul bitiklarida Tersota, S.Vafo hikoyalarida Monoq jug‘rofiy makonlari tez-tez tilga olingani kabi, Orziqul Ergashning ham shu kitobga kirgan deyarli barcha asarlarida Ko‘ksoy, Shotutli, Sharsharaband, Darxon, Qo‘yqo‘ton singari maskanlar tasvirga tortiladi. Yozuvchining “Dala o‘rtasidagi daraxt” qissasida Shotutli deb atalmish dala va uning o‘rtasidagi yolg‘iz shotut og‘ochi yurtsevarlik, ezgulik, sadoqat, odamiylik singari yuksak qadriyatlarning ramzi o‘laroq aks ettirilgan”.

Bugun farzandlarimizga qanday kitoblarni, kimlarning asarlarini o‘qishni tavsiya qilgan ma’qul, degan gaplar bot-bot quloqqa chalinib turadi. Orziqul Ergash asarlari,hech mubolag‘asiz, biz – siz – farzandlarimiz o‘qishlari mumkin bo‘lgan foydali asarlar sirasiga kiradi.

Adibning “To‘y”, “Dunyoning bir chekkasi”, “Bolaligim ko‘chalarida”, “Shohsanam”, “Darxon qissalari”, “Qalb gavhari”, “Yulduzsiz osmon”, “Tanlangan asarlar” kabi kabi kitoblari nashr etilgan. 

Orziqul Ergash “Eng ulug‘, eng aziz” (2017), “Vatan uchun yashaylik” (2021) Respublika tanlovlari g‘olibi. “Do‘stlik” ordeni sohibi.

 O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“OQAR DARYO”...