Davlat kotibi Marko Rubio boshchiligidagi Tramp ma’muriyati Venesuela Prezidenti Nikolas Maduroni hokimiyatdan chetlatishga intilmoqda va bu maqsadga erishish uchun harbiy bosimni kuchaytirish masalasini muhokama qilmoqda.
Ushbu xabarni “New York Times (https://www.nytimes.com/2025/09/29/us/politics/maduro-venezuela-trump-rubio.html?searchResultPosition=1)” AQSH rasmiylariga tayanib tarqatdi.
- Oxirgi kunlarda Trampning yuqori martabali yordamchilari Nikolas Maduroni lavozimidan olib tashlash harakatini kuchaytirdi, ma’muriyat rasmiylari ayni maqsadda harbiy bosimni kuchaytirishi mumkin bo‘lgan keng ko‘lamli kampaniyani muhokama qilmoqda. Jarayonni Davlat kotibi va milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Marko Rubio boshqaradi. Mulozim Maduroni noqonuniy rahbar, AQSH shtatlarining giyohvand moddalar eksporti bo‘yicha hisobotini nazorat qiladi, - deya da’vo qilmoqda. Nashr yozishicha, Rubio Markaziy razvedka boshqarmasi ma’lumotidan foydalangan holda, yanada tajovuzkor strategiyani shakllantirmoqda. Davlat kotibi yondashuvini MRB direktori Jon Retkliff va Trampning ichki xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Stiven Miller qo‘llab-quvvatlamoqda. Amaldagi va sobiq rasmiylar gazetaga aytishicha, AQSH armiyasi keyingi qadam sifatida Venesuelada gumon qilingan giyohvand moddalar savdogarlariga qarshi ehtimoliy harbiy amaliyot o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Binobarin, Oq uy bunday harakatni hali ma’qullamagan. Venesuela muxolifati vakillari ham gazetaga Maduroni qulatish rejalashtirilayotgani, Tramp ma’muriyati bilan shu masala muhokama qilinayotganini aytgan. Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt 19 avgustkuni Tramp Venesuelada harbiy amaliyot o‘tkazish imkoniyatini istisno qilmasdan, giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurashish uchun “Amerika kuchlarining barcha unsurlarini safarbar etishga tayyorligi"ni ma’lum qilgan.
S.Rahimov, O‘zA