Aholida kadastr hujjatlari bilan bog‘liq ko‘plab tushunmovchiliklar avval ham bo‘lgan, hozir ham yuzaga kelmoqda. Shu bois joylardagi kadastr idoralarida sun’iy navbatlar, sarsongarchiliklar, ovora bo‘lishlar kuzatilmoqda.

Ovoragarchilikning oldini olish mumkinmi? Aholiga qanday qulayliklar yaratilgan? Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerakmi? Yo‘qolgan kadastr hujjatini qayta tiklash mumkinmi? Shu kabi savollarga javob topish maqsadida O‘zA muxbiri Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat HAMROEV bilan suhbatlashdi.

– Murojaatchi uy-joyiga kadastr hujjatini shakllantirish uchun qayerga murojaat qilishi kerak?

– Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun fuqarolar kadastr tashkilotiga kelishi talab etilmaydi, – deydi G‘ayrat Hamroyev. – Ariza bilan davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari kifoya. Shuningdek, kadastr hujjati uchun interaktiv davlat xizmatlari portali orqali onlayn ariza berish ham mumkin. bugungi kunda kadastr agentligining o‘ndan ortiq xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyati bor. Ya’ni, qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish ob’ekti bo‘lmagan ob’ekt uchun), bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, fuqarolar nomida shaxsiy turar joyi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish, turar joyning maydoni bo‘yicha ma’lumotnoma olish, respublika hududidagi ko‘chmas mulk ob’ektida xatlov/taqiq mavjudligi haqida ma’lumot taqdim etish, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish, kadastr pasportini tayyorlash kabi masalalarda onlayn foydalanish mumkin.

– Yo‘qolgan kadastr pasportini tiklash tartibi qanday?

– Yo‘qolgan kadastr pasportini tiklash tartibi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tartibga solinadi.

Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YAIDXP) davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.

Ariza beruvchilar o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazlari xodimi — ariza beruvchi nomidan, YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron shaklda mustaqil to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, so‘rovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma ilova qilinadi.

So‘rovnomaga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

– Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni to‘lashda kimlarga imtiyoz beriladi?

– Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni to‘lashda nogiron yoki nafaqaxo‘rlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bilan tartibga solinadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizi miqdorida imtiyoz beriladi.

– Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida rasmiylashtirmaslik salbiy oqibatlarga olib keladi...

– Ha, albatta. Bu uchun javobgarlik belgilangan. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan amalga oshirilgan bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi. Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoxud ko‘chmas mulk ob’ektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi. Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (3 million so‘m), mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4 million 500 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

O‘zA muxbiri O‘lmas Barotov suhbatlashdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn xizmatlar: kadastr hujjatlarini olishda imkoniyat va imtiyozlar