Onlayn tarzda mikroqarz qanday olinadi?
Bu savolga Oʻzbekiston Markaziy banki departament direktorining oʻrinbosari Akmal Nazarov quyidagicha javob berdi.
Bu savolga Oʻzbekiston Markaziy banki departament direktorining oʻrinbosari Akmal Nazarov quyidagicha javob berdi.
“Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va bank mijozlariga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida tijorat banklari masofaviy bank xizmatlarini takomillashtirishga har doimgidan ham koʻproq eʼtibor qaratmoqda.
Banklar mobil ilovalarida onlayn ravishda (uyda oʻtirgan holda) kommunal va soliq toʻlovlari, pul oʻtkazmalari, omonat operatsiyalari kabi muhim bank xizmatlarini amalga oshirish imkoniyati mavjud.
Onlayn tarzda kredit olishga toʻxtalsak, mijozlarda kreditga ehtiyoj paydo boʻlgan taqdirda, ular tegishli banklar mobil ilovalari orqali onlayn mikroqarzlar va kredit kartalari kabi bank xizmatlaridan foydalanishi mumkin.
Hozirda doimiy ish haqiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar tijorat banklarining mobil ilova dasturlaridan foydalangan holda bank kartalari orqali onlayn mikroqarz olish imkoniyatiga ega. Ushbu xizmat turlarini 11 ta tijorat banki taqdim etmoqda.
Mazkur xizmat turlari va ularning shartlari bilan banklarning rasmiy veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda mobil ilovalari orqali axborot olish mumkin.
Tez orada boshqa tijorat banklari ham ushbu xizmat turlarini joriy etadi.