Onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakunlandi: endi navbat to‘lovga
2026-2027 o‘quv yili uchun davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayoni doirasida abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlandi.
Endi abituriyentlar uchun navbatdagi muhim bosqich – belgilangan muddatda to‘lovni amalga oshirish hisoblanadi.
To‘lovni amalga oshirishning so‘nggi muddati – 26-iyun (ertaga) soat 23:59 ga qadar.
Belgilangan vaqtga qadar to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin. Shu bois, barcha abituriyentlardan to‘lov masalasiga alohida e’tibor qaratish so‘raladi.
Bilim va malakalarni baholash agentligi barcha abituriyentlarga kirish imtihonlarida omad, yuqori natijalar va orzu qilgan oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lishni tilaydi.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA